Daryo

O‘zbekiston mudofaa vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Shuningdek, yangi birinchi o‘rinbosarga general-mayor harbiy unvoni berildi

1 daqiqa o‘qish93 075 ko‘rishlar0 izoh0
Shuhrat Xolmuhammedov Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidentining tegishli farmoni bilan polkovnik Shuhrat Xolmuhammedovga general-mayor harbiy unvoni berildi. Shuningdek, Shuhrat Xolmuhammedov O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik “Daryo”ga xabar qildi.

Shuhrat Xolmuhammedov.Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Tayinlovga qadar Shuhrat G‘ayratjonovich Xolmuhammedov mudofaa vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari, favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2016-yilda “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.

O‘zbekiston Prezidentining tegishli farmoni bilan polkovnik Shavkat Mamajonov Qurolli Kuchlar akademiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Bundan avval investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga yangi o‘rinbosar, Parkent tumaniga yangi hokim hamda Ichki ishlar vazirligi Moliya va moddiy-texnika ta’minoti departamentiga yangi rahbar tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar