Samarqand—Namangan—Samarqand yo‘nalishidagi ilk muntazam parvozlar 2021-yil 28-martdan boshlab yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Parvozlar Uzbekistan Airways tomonidan haftaning har kuni A-320 samolyotida amalga oshiriladi. Chipta narxi 163 ming so‘mdan boshlanadi.
Namangan xalqaro aeroporti matbuot xizmatiga ko‘ra, aprel oyidan boshlab Namangan—Toshkent—Namangan aviareysi ham tiklanishi kutilmoqda. Parvozlar haftasiga ikki bor, dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi. Chiptalar bahosi esa tegishli ravishda 124 ming va 149 ming so‘mdan boshlanadi.
Ma’lumot uchun, Namangan xalqaro aeroportidan muntazam aviareyslar 2020-yil 16-mart kunidan beri amalga oshirilmayotgan edi.
Bundan avval Uzbekistan Airways 29-martdan boshlab Samarqanddan Istanbulga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishi, Uzbekistan Airways Urganch va Farg‘onadan Istanbulga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yishi hamda Toshkentdan Olmaotaga parvozlar 28-martdan har kuni amalga oshirilishi haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)