• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12654.13
    • RUB161.18
    • EUR14817.99
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijonda shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan o‘nga yaqin holat aniqlandi

    Andijon viloyatida qurilayotgan qator obyektlar shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgani aniqlandi, deya xabar bermoqda Qurilish vazirligi matbuot xizmati.

    Foto: Qurilish vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Qurilish vazirligi matbuot xizmati

    Ma’lum qilinishicha, Qurilish vazirligi ishchi komissiyasi hamda Andijon viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi bilan birga Andijon viloyatida qurilayotgan ko‘p qavatli turar joy binolarining qurilishi o‘rganilganda bir qator kamchiliklar aniqlandi. Aniqlangan muammolar yuzasidan hududiy inspeksiya tomonidan ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

    Andijon shahar hokimining 2019-yil 18-oktabrdagi 798-sonli qarori bilan Andijon shahri Mashrab ko‘chasida 7 qavatli (1-qavatida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, yuqori qavatlari turar joy) bino qurilishiga ruxsat berilgan. Belgilangan tartibda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qarori talablariga asosan qurilish obyektiga tegishli bo‘lgan shaharsozlik hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilgan.

    Biroq, Respublika ishchi komissiyasi tekshiruvida loyihachi “Andijonfuqaroloyiha” MChJ tomonidan Shaharsozlik norma va qoidalari talablarining bajarilishida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi. Ularni bartaraf etish bo‘yicha 2021-yilda 2-7/41-sonli yozma ko‘rsatma berilgan.

    Berilgan yozma ko‘rsatmaga “Andijonfuqaroloyiha” MChJ tomonidan o‘z vaqtida javob berilmaganligi uchun inspeksiya 35-sonli xat asosida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 99-moddasi 1-qismi (shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish) bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudiga yuborgan.

    Foto: Qurilish vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Qurilish vazirligi matbuot xizmati

    Izboskan tumani hokimining 2019-yil 25-sentabrdagi 2915-sonli qarori bilan Izboskan tumani Poytug shahri “Mirzo Ulug‘bek” MFY Yangi bozor ko‘chasi hududida ko‘p qavatli turar joy binosi qurilishiga ruxsat berilgan. Qurilish ishlari esa “Izzatbek savdo kapital” MChJ tomonidan olib borilmoqda.

    Ushbu obyekt bo‘yicha belgilangan tartibda shaharsozlik hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilgan. Respublika ishchi komissiyasi tekshiruvida “Izzatbek savdo kapital” MChJ mansabdor shaxsiga Shaharsozlik normalari va qoidalari talablarining bajarilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha 11.02.2021 yilda 03/03-1-sonli yozma ko‘rsatma berilgan.

    Yozma ko‘rsatma bo‘yicha tashkilot mas’ul shaxsi tomonidan o‘z vaqtida qurilishdagi kamchiliklar bartaraf etilmagani uchun Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida 32-sonli bayonnoma va 32-sonli xat bilan O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 99-moddasi 1-qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Izboskan tumani sudiga yuborilgan.

    Foto: Qurilish vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Qurilish vazirligi matbuot xizmati

    Shuningdek, Andijon shahar hokimining 2018-yil 6-avgustdagi 860-q sonli qarori bilan Andijon shahar, Fitrat ko‘chasida 6 qavatli (1-qavatida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, yuqori qavatlari turar joy) bino qurilishiga ruxsat berilgan.

    Ushbu obyekt bo‘yicha ham shaharsozlik hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilgan. Respublika ishchi komissiyasi tekshiruvida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha esa ushbu obyektning ish yurituvchisiga Shaharsozlik normalari va qoidalari talablarining bajarilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha 09.02.2021 yilda 14-2/006-sonli yozma ko‘rsatma berilgan.

    Berilgan yozma ko‘rsatma bo‘yicha o‘z vaqtida qurilishdagi kamchiliklarni bartaraf etib, chora-tadbirlarga belgilangan vaqtda javob berilmaganligi uchun inspeksiya tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida 36-sonli bayonnoma va 02.03.2021 yilda 36-sonli xat asosida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 99-moddasi 1-qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudiga yuborilgan.

    Foto: Qurilish vazirligi

    Foto: Qurilish vazirligi

    Shu bilan birga, Baliqchi tumani hokimining 2020-yil 13-apreldagi 140-q sonli qarori bilan Baliqchi tuman, “Oqqo‘rg‘on” MFY hududida 9 qavatli (1-qavatlari savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, yuqori qavatlari turar joy) obyekt qurishga ruxsat berilgan. Qurilish pudrat ishlarini “Standart savdo plast” MChJ olib bormoqda.

    Ushbu turar joy bo‘yicha belgilangan tartibda shaharsozlik hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilgan. Respublika ishchi komissiyasi tekshiruvida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha esa ularni bartaraf qilish yuzasidan 12.02.2021 yilda 02-8/7-sonli yozma ko‘rsatma berilgan.

    Berilgan yozma ko‘rsatma bo‘yicha mas’ul shaxs tomonidan o‘z vaqtida qurilishdagi kamchiliklar bartaraf etilmagani uchun inspeksiya tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 99-moddasi 1-qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Baliqchi tumani sudiga yuborilishi uchun hujjatlar tayyorlandi.

    Foto: Qurilish vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Qurilish vazirligi matbuot xizmati

    Bundan tashqari, Andijon shahar hokimining 2020-yil 23-apreldagi 203-q sonli qarori bilan Andijon shahar “Yayilma” MFY, 4-qavatli turar joylar hududida “And Ravnaq Construction” MChJga 5 qavatli turar-joy binosi qurilishiga ruxsat berilgan.

    O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 18.05.2018 yildagi №370-sonli qarori talablariga asosan qurilish obyektiga tegishli bo‘lgan shaharsozlik hujjatlarini rasmiylashtirilishida buzilishlar mavjud ya’ni obyekt Andijon shahar Bosh rejasiga kiritilmagan hamda loyiha “Arxitektura-shaharsozlik kengashi” tomonidan ko‘rib chiqilmagan, bayon olinmagan.

    Respublika ishchi komissiyasi tekshiruvida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha loyiha muallifi “Me’mor arch konsept” MChJga Shaharsozlik normalari va qoidalari talablarining bajarilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha 02.02.2021 yilda 2-7/2-m-sonli yozma ko‘rsatma berilgan.

    Berilgan yozma ko‘rsatmaga loyiha muallifi “Me’mor arch konsept” MChJ direktori tomonidan o‘z vaqtida javob berilmaganligi uchun inspeksiya tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida 34-sonli bayonnoma rasmiylashtirilgan va 34-sonli xat bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 99-moddasi 1-qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudiga yuborilgan.

    Foto: Qurilish vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Qurilish vazirligi matbuot xizmati

    Izboskan tumani hokimining 2020-yil 8-iyuldagi 249-q sonli qarori bilan Izboskan tumani, “Daminboychek” MFY hududida 2 dona 5 qavatli turar joy binolari qurilishiga va loyiha-smeta hujjatlarini amalga oshirishga ruxsat berilgan. Qurilish pudrat ishlari esa “MIDX” MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

    Ushbu obyekt bo‘yicha belgilangan tartibda shaharsozlik hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilgan. Respublika ishchi komissiyasi tekshiruvida qurilishning ish yurituvchisiga Shaharsozlik normalari va qoidalari talablarining bajarilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha 12.02.2021 yilda 4863-sonli ko‘rsatma berilgan.

    Berilgan yozma ko‘rsatma bo‘yicha o‘z vaqtida qurilishdagi kamchiliklar bartaraf etilmagani uchun inspeksiya tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 99-moddasi 1-qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Izboskan tumani sudiga yuborilgan.

    Foto: Qurilish vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Qurilish vazirligi matbuot xizmati

    Vazirlar Mahkamasining 28.11.2019 yildagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PK 5886-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qaror Nizomiga asosan Andijon viloyatida ham “2020-yilda qishloq joylarida yangi tartibga muvofiq ko‘p kvartirali uy-joylar” qurib, aholiga qulaylik yaratib berish maqsadida Xo‘jaobod tumani hokimining 30.12.2019 yildagi 1725-q sonli qarori bilan Xo‘jaobod tumani, Ittifoq massividagi 5-7 qavatli turar-joy binosi qurilishiga yer maydoni ajratib berilgan.

    Ushbu obyekt bo‘yicha belgilangan tartibda shaharsozlik hujjatlari to‘liq rasmiylashtirgan. Qurilish pudrat ishlari “Baraka Fayz ixtisoslashgan qurilish” MChJ tomonidan olib borilmoqda. Ushbu qurilishning ish yurituvchisiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha inspeksiya tomonidan 12.02.2021 yilda 02-8/4-sonli yozma ko‘rsatma berilgan. Berilgan yozma ko‘rsatma bo‘yicha o‘z vaqtida qurilishdagi kamchiliklar bartaraf etilmagani bois Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 99-moddasi 1-qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tumani sudiga yuborish uchun hujjatlar tayyorlangan.

    Foto: Qurilish vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Qurilish vazirligi matbuot xizmati

    Andijon shahar Buxoro ko‘chasida 9 qavatli, 1-qavatini savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, yuqori qavatlari 101 xonadonli turar joy binosining qurilish ishlari “Smart panel hamkor” MChJ tomonidan amalga oshirilgan.

    Belgilangan tartibda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi №370-sonli qarori talablariga asosan shaharsozlik hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilgan. Ushbu qurilishning ish yurituvchisiga Shaharsozlik normalari va qoidalari talablarining bajarilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha 2021-yil 12-fevralda 14-02/009-sonli yozma ko‘rsatma berilgan.

    Mas’ul shaxs tomonidan berilgan yozma ko‘rsatma bo‘yicha o‘z vaqtida qurilishdagi kamchiliklar bartaraf etilmagani uchun inspeksiya tomonidan 2021-yil 2-martda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 99-moddasi 1-qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tumani sudiga topshirilgan.

    Bundan avval O‘zbekistonda qurilish sohasidagi tizimli kamchilik va muammolarni bartaraf etishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasi muhokamaga qo‘yilgani, Navoiyda ta’sischisi senator bo‘lgan kompaniya qurilish ishlarida qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygani hamda Toshkentda xususiy bog‘cha qurilishi aholi noroziligi sabab sud qarori chiqquncha to‘xtatilgani haqida xabar berilgandi.

    27.03.2021, 21:44   Izoh (0)   13579
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda tanishini o‘ldirib, murdani hovlidagi xandaqqa ko‘mib qo‘ygan shaxs 18 yilga qamaldi

    27.03.2021, 20:13

    Qarshida salkam 115 ming dollar sarflangan Markaziy Osiyodagi eng yirik Amerika burchagi o‘z faoliyatini boshladi

    27.03.2021, 19:57

    Navoiylik ayol o‘zining va qizlarining joniga nima sababdan qasd qilgani aniqlandi. Uni eri doimiy tarzda o‘g‘il tug‘maganlikda ayblab, haqoratlab kelgan

    27.03.2021, 19:12

    Qashqadaryoda 8-sinf o‘quvchisini zo‘rlagan va qizning homiladorligini bilgach, unga o‘zini o‘ldirish usullarini o‘rgatgani aytilgan fuqaro javobgarlikka tortilmas...

    27.03.2021, 18:58

    Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga yangi direktor tayinlandi

    27.03.2021, 18:11

    Toshkentda xonadonga chaqirilgan tez tibbiy yordam shifokoriga bemor tomonidan og‘ir tan jarohati yetkazildi

    27.03.2021, 17:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sun’iy intellekt shantaj qilish, yolg‘on gapirish, fitna uyushtirish va hatto tahdid qilishni o‘rganib oldi

    Layfstayl | 30 iyun, 22:15

    Olimlar kompyuterlarni ming barobar tezlashtirish usulini topdi

    Dunyo | 30 iyun, 22:05

    Superliga. “Surxon” mehmonda “OKMK”ni mag‘lub etdi

    Sport | 30 iyun, 22:03

    Amerikada ming yillar davomida mavjud bo‘lgan xavfli kasallikning genetik izlari topildi

    Dunyo | 30 iyun, 21:55

    Toshkentda moddiy qiyinchilikda qolgan qizlarni Tailandga fohishalikka jo‘natayotgan ayol ushlandi

    O‘zbekiston | 30 iyun, 21:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.