• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Qarzimiz katta, yopishimiz kerak”. Buxorodagi bozor rahbari mavjud qarzdorligini yopish uchun noqonuniy pavilyon qurishga ruxsat bergan

    Buxoro viloyatidagi “G‘ijduvon dehqon bozori” aksiyadorlik jamiyati 2019-yil dekabr oyida 120 milliard so‘m mablag‘ evaziga qayta tiklanib, foydalanishga topshirilgan edi. Mazkur bozor 9,2 gektar yer maydoniga ega bo‘lib, 1880 o‘ringa mo‘ljallangan.“Daryo”ga murojaat qilgan tadbirkor bozor rahbari kreditdan mavjud 2 milliard so‘m qarzdorligini so‘ndirish maqsadida tadbirkorlar do‘koni devoriga ulagan holda o‘zboshimchalik bilan yengil konstruksiyali pavilyonlar qurishga kirishganini, bu esa tadbirkorlar noroziligiga sabab bo‘layotganini aytmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Biz bozorning yangi savdo majmuasida barcha imkoniyatlar yaratiladi, deyilgani bois ham katta mablag‘ evaziga do‘konlarni qur’a tashlash yo‘li bilan xarid qilganmiz. Shunda burchak, ya’ni ‘uglovoy’ qismlarda joylashgan do‘konlar narxi 170 million so‘m, o‘rta qatorlarda joylashganlari esa 150 million so‘mdan qilib belgilangandi. Menga ‘A’ blokdan 56-do‘kon, ya’ni burchak joy tushdi, sotib oldim. Biroq oradan bir yil o‘tar-o‘tmas, bozor ma’muriyati o‘zboshimchalik bilan burchaklarda yengil konstruksiyali pavilyonlar qura boshladi. Murojaatimizga javoban ‘qarzimiz katta, uni yopishimiz kerak’, degan vajni keltirib, ‘qonuniylashtirilgan holda baribir quramiz’, deyishdi. Biz ham qarab turmadik. Murojaat qilishga majbur bo‘ldik. Do‘kon oraliqlari juda tor. Yong‘in yoki biror favqulodda holatlarda bunday tor yo‘laklardan qanday tezkor foydalanish mumkin?” — deydi tadbirkor Jamshid Husenov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” surishtiruviga ko‘ra, tadbirkorlarning murojaatlari haqli e’tiroz sifatida ma’qullangan. Buxoro viloyat Qurilish bosh boshqarmasi o‘rganuvlari yuzasidan yengil konstruksiyali savdo do‘konlari o‘zboshimchalik bilan qurilgani, qurilish ishlariga ruxsat beruvchi hech qanday hujjat rasmiylashtirilmagani ma’lum qilingan. Bosh blok isitish-sovitish tizimi bilan ta’minlanmagan. Taraflar bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra, bozor ma’muriyati zimmasiga bozor shaklini buzishga olib keladigan qurilmalar qurishga yo‘l qo‘ymaslik, bino va inshootlarni yoritish hamda yoritish tizimining doimiy ishlashini ta’minlab, yangilab borish, blok binosi va unga tutash inshootlar atrofini, hududni toza saqlash kabi qator majburiyatlar kiritilgan. Biroq shartnoma majburiyatlarining bozor rahbariyati tomonidan buzilgani tadbirkorlar o‘rtasida ishonchsizlikni keltirib chiqargan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “‘B’ blokda do‘konim bor. Do‘konim savdo qatorlari boshi, ya’ni burchak qismiga to‘g‘ri kelgani uchun yon tomonni shisha devor bilan o‘rab olish taklifi bilan chiqdim, rad etishdi. Ko‘p o‘tmay, o‘zlari shisha devorni noqonuniy o‘rnata boshlashdi. Bu bizning savdomizga xalal beradi. Savdo uchun juda tor oraliq qoladi. Vaholanki, aynan burchakdaligi uchun ham bunday tartibda joylashgan do‘konlar 170 million so‘mga narxlangan. Buni qanday tushunish mumkin?” — deydi yana bir tadbirkor Ilyos Qurbonov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri “Bozoroqurilish” MChJ hamda “G‘ijduvon dehqon bozori” aksiyadorlik jamiyati rahbari Vali Sodiqov bilan ko‘rishib, bozor rastalari oralab yengil konstruksiyali qo‘shimcha qurilmalar qurilishining sababi bilan qiziqdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017—2019-yillardagi 2858-sonli qarori asosida ‘G‘ijduvon dehqon bozori’ aksionerlik jamiyati hududida uchta blokdan iborat savdo majmuasi qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, savdo do‘konlari tadbirkorlar kiritgan mablag‘i hisobidan qurilishi belgilangan. Shunga asosan, direksiyaning nizomi ishlab chiqarilib, har bir tadbirkor zimmasiga buyurtma asosidagi savdo do‘konining 150 milliondan 170 million so‘mgacha miqdordagi to‘lovini 30 ish kun mobaynida amalga oshirish majburiyati qo‘yilgan. Lekin tadbirkorlarimiz tomonidan to‘lov muddati bir yildan ortiq vaqtga cho‘zildi. Shu sababli qurilish ishlarini zudlik bilan tugatish maqsadida Xalq bankining G‘ijduvon tuman bo‘limidan 11 milliard so‘m kredit mablag‘ini 26 foizdan oldik. Ayni paytda kredit hisobidan 2 milliard so‘m qarzdorligimiz mavjud. Shu bois bloklardan bloklarga o‘tish joyida tadbirkorga ziyon yetkazmagan holda parallel tarzda yengil konstruksiyali pavilyonlarni tiklash boshlangandi”, — deydi Vali Sodiqov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Surishtiruv davomida bunday noqonuniylikdan tuman hokimining ham xabardorligi, hokim tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda qarzdorlikni so‘ndirish masalalari ko‘rilgani va shunga ko‘ra, imkoniyatni izlash uchun rejalar tuzilganiga oydinlik kiritildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Vali Sodiqovning aytishicha, majmuaning 2-qavati “nol”da turibdi. Bo‘m-bo‘sh. Har bir blokda tiklangan 64 tadan, jami 192 ta do‘kon egasiz. Har bir blokning yerosti qismlarida ham 62 tadan 186 ta do‘kon mavjud. Ammo bu yerda ham talaygina do‘konlar bo‘sh va tadbirkorlar ko‘chib o‘tishni istamayapti.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Tadbirkorlardan ikkinchi qavatga umuman talab bo‘lmayapti. Ular ‘Xaridorlar birinchi qavatga zo‘rg‘a kirishadi, ikkinchi qavatga chiqishmaydi ham’, degan vajni keltirishyapti. Aslida, birinchi qavatdagi qo‘shimcha qurilmalarni o‘rnatish ham shular singari boshqa ko‘plab tadbirkorlarning talab-istagiga qarab belgilangan edi. Do‘konlarni tadbirkorlarga majburlab sotishga haqqimiz yo‘q. Do‘konlari mavjud rastalar ko‘p, hudud katta va keng, bo‘m-bo‘sh”, — dedi bozor rahbari.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Tadbirkorlarning bildirishicha, ular e’tirozidan so‘ng viloyat qurilish bosh boshqarmasining xatiga asosan, o‘zboshimcha qurilish to‘xtatilib, bir nechtasigina olib tashlangan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Yuqoridan komissiya yoki muxbirlar kelishsa, hamma yoqni tozalab, ko‘chadagi yoyma bozorlarni yig‘ishtirishga tushishadi. Yoyma bozorni ko‘rgan xaridorlar ichkariga kirishmaydi ham. Ishonsangiz, bugun soat 14:00 ga yaqinlashayotgan bo‘lsa, shu paytgacha umuman savdo qilganim yo‘q. Yangi bozorni tiklab, bizni ishontirib, keltirib qo‘yishganiga esa uch yil bo‘lyapti. Ammo hali-hanuz ko‘cha bozori avjida. Ustiga ustak, qonunni buzib, qo‘shimcha do‘konlar qurishgani achinarli”, — deydi yosh tadbirkorlardan biri.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, bozorning yerosti qismlari ham tadbirkorlar tomonidan yuqori qavatdagi singari 150 million so‘mdan 170 million so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ evaziga sotib olingan. Yerosti do‘konlari nam, zax va sovuq. Isitish-sovitish moslamalari o‘rnatilmagan. Tadbirkorlarning bildirishicha, yerosti savdo do‘konlarining zax va namligi yetmagandek, yog‘ingarchilik kunlarida yerosti savdo yo‘llarini suv bosadi. Elektr energiyasi ham bir kunda kamida ikki-uch marotaba o‘chadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Yangi majmua ‘podvali’dan savdo uchun o‘rin-joy olganman. Ammo u yerda savdo bo‘lmaydi. ‘Podval’larga hech kim kirmaydi. Savdo qilishning imkoni yo‘q. Shu bois menga o‘xshagan 30-40 kishi o‘z mahsulotlarimizni ko‘chada, yoymaga chiqarib sotishga majbur bo‘lyapmiz. Ijarachiga bir oyda 500 ming so‘m to‘layman. Molimni sotib, qarzimdan qutildim. Sharoit yaratib berilsa, biz ham o‘z joyimizda o‘tirib ishlaymiz. Ammo hech qanday sharoit yo‘q-da”, — deydi Umida Atoyeva.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Yerosti savdo do‘konlari sharoitini kuzatar ekanmiz, tadbirkorlar talabi bejiz aytilmaganiga guvoh bo‘ldik. Bozorga kirish yo‘laklarini ko‘cha savdosi bilan shug‘ullanayotganlar mahsuloti to‘sib qo‘ygan, yomg‘ir suvlari to‘planib, nam va zax ta’sirida yoqimsiz hid anqimoqda. Bunday sharoitda do‘konlardagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari o‘z sifatini yo‘qotmasligiga kafolat yo‘q.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Aslida, yengil konstruksiyali pavilyonlar qurilishi bo‘yicha yozgan ‘yozuvchilar’ning o‘zida muammo. Kassa apparatlari yo‘q, davlatga pul to‘lashmaydi, savdo do‘konidan ichkarisini ijarachi tadbirkorga, tashqarisini esa boshqa ijarachi tadbirkorga qimmat narxlarda bergan. Ularning vijdoni yo‘q. Buning uchun bozor ma’muriyati qarshilik ko‘rsatmayapti-ku”, — deydi tadbirkor Manzura Atoyeva.

    Tadbirkorlar orasida o‘ziga tegishli joyni boshqaga ijaraga berib, o‘zi esa soliq va patent to‘lamagan va boshqa bozorda savdo qilayotganlar ham uchradi. Biroq bu boshqa masala.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Kamchiliklarni joyiga borib, o‘rgandik. Noqonuniy deb hisoblangan yengil konstruksiyali pavilyonlarni buzib tashlaymiz. Biroq e’tiroz bildirayotgan ayrim tadbirkorlarning o‘zida ham kamchiliklar mavjud. Jumladan, mahsulotini ko‘chaga chiqarib sotyapti. To‘g‘risi, ko‘chadagilar yig‘ishtiriladi, orqaga qaytishimiz bilan yana qaytib yo‘lda o‘tirishadi. Buni ham qat’iy tartibga solish choralarini ko‘ramiz. Bozordagi avtoturargohga kelsak, haqiqatan tadbirkorlar taklifi bilan, zarurat yuzasidan vaqtincha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotishga mo‘ljallangan hududga o‘zgartirganmiz. Buning ortida ayni pishiqchilik davri va bayramlar oldi aholi farovonligini ta’minlash maqsadi yotibdi. Navro‘z bayramidan so‘ng avtoturargoh sifatida qayta foydalana boshlaymiz”, — deydi Vali Sodiqov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Vali Sodiqovga ko‘ra, bozor hududida 5 ta avtoturargoh bo‘lib, ularda bir paytning o‘zida 1200 ta transport vositasini saqlash uchun joy mavjud.

    “Bozorning qarzdorligi ko‘p. 2018-yilning avgustidan 2019-yilning dekabr oyiga qadar quruvchi tashkilotlar tomonidan olib borilgan qurilish ishlaridan 23 milliard 735 million qarzdorlik mavjud. Viloyat rahbari tomonidan ushbu qarzdorliklar qisman mahalliy budjet hisobidan qoplanishi bildirildi. Mablag‘lar tushishi bilan bloklarda mavjud isitish-sovitish tizimlardagi muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘ramiz”, — dedi Vali Sodiqov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Maqola e’lon qilinishi arafasida bozor mas’uli “Daryo” muxbiriga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zboshimcha qurilmalar jurnalistik surishtiruvning ertasigayoq bartaraf etilganini ma’lum qildi.

    26.03.2021, 08:30   Izoh (0)   32194
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda zamonaviy klinika qurish uchun qishloq vrachlik punkti binosini bo‘shatishni so‘ragan shaxslar ikki bemor tomonidan kaltaklandi

    26.03.2021, 07:25

    Istanbul Toshkent ko‘chalarini obodonlashtirishga ko‘maklashadi

    25.03.2021, 23:50

    O‘zbekistonda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tashkil etiladi

    25.03.2021, 23:20

    Xorazmda ayolning shaxsiy videotasvirlarni qarindoshlariga ko‘rsatish bilan qo‘rqitib, undan 1,5 ming dollar va telefon talab qilgan yigit ushlandi

    25.03.2021, 22:58

    Andijonda 6 gektar yerni 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaligi rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    25.03.2021, 22:18

    Turkish Airlines Turkiyadan Farg‘onaga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi

    25.03.2021, 21:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.