Toshkent transport universitetining 3-bosqich talabasida koronavirus aniqlandi, deya xabar bermoqda “Yuksalish” umummilliy harakati.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent transport universitetining Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti 3-kurs talabasida COVID-19 virusi aniqlangan. Shu sababli ushbu fakultet talabalari ikki haftalik masofaviy ta’limga o‘tkazilgan.
Qayd etilishicha, fakultet joylashgan o‘quv binosidagi barcha xodimlar va talabalardan PZR testi olingan.
Bundan avval Toshkentdagi Inha universiteti talabasida koronavirus aniqlangani sabab ikki hafta karantinga yopilgani haqida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, poytaxtda koronavirusga chalinish holatlari, asosan, o‘quvchilar, talabalar va tashkilot xodimlari orasida ko‘paygan. Xususan, Toshkentdagi 77 ta maktabda o‘quvchilar orasida koronavirus infeksiyasi aniqlangan, 117-sonli bog‘chada ikki nafar tarbiyachi va bolalarda koronavirus aniqlangani sabab mazkur bog‘cha vaqtincha yopilgan.
Izoh (0)