Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahridagi bog‘chalarning birida 4 nafar koronavirusga chalinish holati aniqlandi, deya xabar qilmoqda Maktabgacha ta’lim vazirligi.

Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning 13-mart kuni Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 117-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasida 2 nafar tarbiyalanuvchi va 2 nafar tarbiyachida koronavirus infeksiyasi aniqlandi.

15-mart kuni esa ushbu maktabgacha ta’lim muassasasining ish faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

“Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonun 12-moddasi “j” bandiga asosan maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari va tarbiyalanuvchilari 14 kunlik tibbiy nazoratga o‘tkaziladi.

Bundan avval Toshkentda koronavirusga chalinish holatlari asosan o‘quvchilar, talabalar va tashkilot xodimlari orasida ko‘paygani ma’lum qilingandi.

Eslatib o‘tamiz 14-mart kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 111 ta yangi holat aniqlangani, bu 2020-yil 24-dekabrdan (112 ta holat) beri kuzatilgan eng yomon antirekord ekani haqida xabar berilgan edi.

Ushbu 111 ta holatning 93 tasi Toshkent shahrida aniqlangan. Umuman olganda, Toshkentda so‘nggi bir hafta ichida kasallanish holatlari soni keskin oshgan. Shu munosabat bilan shaharda karantin talablariga rioya qilinishi ustidan nazorat kuchaytirilishi ma’lum qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Braziliya Janubiy Koreyaga qarshi, Portugaliya esa Shveysariya bilan bahs olib boradi. JCH—2022 nimchorak finalning barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
Mirobodda eng qimmat: Toshkentda noyabr oyi uchun uylar narxi tahlil qilindi
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi