Hind kinosi yulduzi Amir Xonning koronavirusga topshirgan test tahlili ijobiy chiqdi. Bu haqda Bombay Times’ning Instagram sahifasida ma’lum qilingan.
Ta’kidlanishicha, COVID-19 aniqlangan Amir Xon ayni vaqtda uyida karantinda. Mavjud qoidalarga amal qilayotgan aktyorning ahvoli ancha yaxshi.
U bilan so‘nggi vaqtda kontaktda bo‘lganlar ehtiyot chorasi maqsadida test topshirishi kerak, deyiladi xabarda.
Avvalroq hind kinosanoati vakillari bo‘lgan Bachchanlar oilasida — aktrisa Ayshvariya Ray, uning qizi Aradya, turmush o‘rtog‘i Abhishek Bachchan va qaynotasi Amitabh Bachchanda koronavirus aniqlangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)