Hafta boshida 46 yoshli taniqli hind aktrisasi Ayshvariya Ray va uning 8 yoshli qizi Aradhyada koronavirus aniqlangan edi. Bu aktrisaning 44 yoshli turmush o‘rtog‘i Abhishek Bachchan va 77 yoshli qaynotasi Amitabh Bachchanda koronavirus aniqlanganidan bir kun o‘tib yuz bergan edi.

Foto: Times of India

Dastlab aktrisada kasallik simptomlarsiz o‘tayotgani aytilgan bo‘lsa, shu kunlarda u va qizi shoshilinch tarzda Mumbay shahridagi shifoxonaga joylashtirilgani ma’lum bo‘ldi.

Qayd etilishicha, Ayshvariya va Aradhyaning ahvoli og‘irlashgan, ularda nafas siqilishi kuzatilgan. Ayshvariyaning qaynotasi va turmush o‘rtog‘i ham aynan shu kasalxonada davolanmoqda.

Foto: Times of India

Ayshvariya Ray butun dunyoga tanilgan sanoqli hind aktrisalaridan biri hisoblanadi. U 1994-yilda “Dunyo go‘zali” ko‘rik-tanlovida g‘olib bo‘lgan.

Aktrisa 2007-yilda Bollivud afsonasi Amitabh Bachchanning o‘g‘li, aktyor Abhishek Bachchanga turmushga chiqqan. 2011-yilning 16-noyabrida juftlik qiz farzandli bo‘lgan.