Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining 26-mart kuni Ganaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishi haqida xabar berilgandi.
Gana futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Afrika jamoasi Toshkentga ikkinchi tarkibi, ya’ni B jamoasi bilan tashrif buyuradi. Asosiy jamoaning 25-mart sanasida Afrika Kubogi saralashi doirasida JARga qarshi o‘yin o‘tkazishi ta’kidlanmoqda.
Gana B milliy jamoasiga faqat mahalliy chempionatlarda to‘p suradigan futbolchilar jalb etilgan.
Avvalroq O‘zbekiston va Gana (B) o‘rtasidagi bahs Namangandagi “Markaziy” stadionda bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgandi.
Shuningdek, O‘zbekiston 29-mart sanasida Iroq terma jamoasi bilan bahs yuritishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)