Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Koronavirus infeksiyasining keng tarqalishini oldini olish, aholi salomatligini himoya qilishni yanada kuchaytirish maqsadida Toshkent shahrida ommaviy-madaniy tadbirlar o‘tkazilishida karantin talablariga rioya etilishi bo‘yicha nazorat kuchaytiriladi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

SSV matbuot xizmatining xabar berishicha, bu haqda poytaxtda koronavirus infeksiyasi yangi shtammlari keng tarqalishining oldini olish bo‘yicha Toshkent shahar shtabi yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Shtab yig‘ilishida poytaxtda to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishda ham Respublika maxsus komissiyasi qarorlari bilan belgilangan tartib-qoidalar va karantin talablari, sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etilishi bo‘yicha nazoratni qat’iylashtirish belgilangan.

Koronavirus infeksiyasi aniqlangan oilalarda karantin talablariga rioya etmagan fuqarolarga nisbatan qonuniy jazo choralari ko‘riladi.

Shuningdek, Toshkent shahar shtabi tomonidan sport musobaqalarini tomoshabinsiz o‘tkazish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi, epidemiologik vaziyat yomonlashgan taqdirda 2021-yilning 1-aprelidan boshlab ommaviy tadbirlarni vaqtincha to‘xtatib turish yuzasidan Respublika maxsus komissiyasiga taklif kiritishga kelishib olingan.

Eslatib o‘tamiz, 14-mart kuni O‘zbekistonda dekabrdan beri birinchi marta bir kunda 100 dan ortiq odamda koronavirus aniqlanib, shundan 93 tasi Toshkent shahrida qayd etilgandi. Poytaxtda koronavirusga chalinish holatlari asosan o‘quvchilar, talabalar va tashkilot xodimlari orasida ko‘paygan, Xususan, Toshkentdagi 77 ta maktabda o‘quvchilar orasida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, 117-sonli bog‘chada ikki nafar tarbiyachi va bolalarda koronavirus aniqlandi va bog‘cha vaqtincha yopildi.

Koronavirus keng tarqalishining oldini olish maqsadida Toshkentdagi ayrim maktablarda o‘qish bosqichma-bosqich masofaviy shaklga o‘tkazilmoqda, bozor va savdo markazlarida karantin talablari kuchaytirildi.

Toshkent shahar hokimligi bergan ma’lumotga ko‘ra:
  • 10-mart kuni Yunusobod tumanida joylashgan bolalar (yoki ta’lim) muassasasi tarbiyachisi R. M.da koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Epidemiologik surishtiruv natijasida tarbiyachi xonadonida koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemor bo‘lishiga qaramasdan, ushbu tarbiyachi karantinga rioya etmasdan ish joyiga borib ishlagan va natijada 11-mart kuni epidemiologik ko‘rsatmaga asosan muassasaning tarbiyachi va tarbiyalanuvchilaridan koronavirus infeksiyasiga test tahlillari olinganida, 13-mart kuni 2 nafar tarbiyachida, shifokorda va 1 nafar tarbiyalanuvchida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Hozirda bu ish Toshkent shahar Prokuraturasining nazoratiga olingan;
  • 5-mart kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan ta’lim muassasasi tarbiyachisi M. M.ning qaynotasi Zangiotadagi shifoxonaga koronavirus infeksiyasi tashhisi bilan yetkazilgan va 7-mart kuni vafot etgan. 9-mart kuni janoza paytida mazkur ta’lim muassasasining bir necha xodimlari ishtirok etgan va bu bilan muassasa tarbiyalanuvchilarining sog‘lig‘ini xavfga qo‘ygan;
  • Olmazor tumanida joylashgan oliy ta’lim muassasasiga qarashli yotoqxonada ham 3 nafar talabada bir necha kundan buyon tana haroratining ko‘tarilishi, tomoq og‘rig‘i va holsizlik belgilari bo‘lganligi sababli, talabalardan 11-mart kuni koronavirus infeksiyasiga test tahlil surtma namunalari olingan. 13-mart kuni oliy ta’lim muassasasining tegishli fakultetida kasallik alomati mavjud bo‘lmagan 4 nafar talabasida kasallik aniqlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Marsdan ham sovuqroq: AQSHda havo harorati tarixiy rekordni yangiladi (video)
Dunyo
Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinning “Zelenskiyni o‘ldirmaslik” bo‘yicha bergan va’dasiga munosabat bildirdi
Sport
A Seriya. Eldor Shomurodovning debyut o‘yinida “Spetsiya” o‘zida “Napoli”ga yirik hisobda yutqazdi