• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12857.35
    • RUB163.45
    • EUR14672.81
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Kuchsizlangan koronavirus”, “tugagan karantin” va “buzilgan makiyaj”. O‘zbekistonliklar nega niqob taqmay qo‘ydi?

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusga qarshi vaksinalar yaratilgunga qadar virusdan himoyalanishning eng yaxshi vositalaridan biri sifatida tibbiy niqoblardan foydalanish kerakligini qayd etgan.

    O‘zbekistonda ham ilk bor koronavirusga chalingan bemor aniqlanganidan so‘ng oradan 10 kun o‘tib — 2020-yil 25-martdan boshlab jamoat joylarida niqobsiz yurganlar jarimaga tortila boshladi. Hozirgacha jamoat joylarida niqobda bo‘lish talabi o‘zgargani yo‘q. Ammo so‘nggi oylarda O‘zbekistonda niqobsiz yurgan odamlar soni ortib bormoqda.

    “Daryo” internet-nashri ijtimoiy tarmoqlarda so‘rovnoma o‘tkazdi. Telegram’dagi so‘rovnomada qatnashganlarning 36 foizi, Instagram’dagi so‘rovnomada qatnashganlarning 44 foizi niqoblardan foydalanmay qo‘yganini ma’lum qildi.

    “Daryo” so‘rovnomasi natijalari.

    “Daryo” so‘rovnomasi natijalari.
    Skrin: “Daryo”

    Xo‘sh, nima uchun o‘zbekistonliklar niqob taqmay qo‘ydi? Ushbu savolga javob topish uchun Toshkent shahri ko‘chalarida niqobsiz yurganlarni so‘roqqa tutdik.

    Sherzod, 23 yosh: Odamlar allaqachon koronavirusga qarshi immunitet hosil qilib bo‘ldi. Taqishning foydasi yo‘q, deb hisoblayman.

    Masalan, men niqob taqadigan bo‘lsam, qoidasiga ko‘ra, uni har ikki soatda almashtirib turishim kerak. Bunday qilishga mening sharoitim ham, vaqtim ham yo‘q.

    Bundan tashqari, ikki “pachka” maskani yonimda olib yurolmayman. Vaqtida almashtirolmadimmi, menga zararga ishlaydi. Shuning uchun so‘ralganda taqyapman, xolos. Buyog‘i Xudodan.

    Bobur, 30 yosh: Masalan, niqob taqmayotganimning sababi — doim ko‘chada yuraman. Tez yursam, niqob ho‘l bo‘lib qoladi. Ho‘l maskada esa nafas ololmayman. Keyin uni jag‘ingizga tushirib qo‘yasiz. Bu ham xunuk ko‘rinadi.

    Xullas, buni taqib yurish menga noqulaylik tug‘diradi. Shuning uchun hozir yechib, cho‘ntagimga solib qo‘ydim. Institutda, metroga tushganimda taqaman. Lekin atrofimda odam bo‘lmasa, taqmayman.

    Gulira’no, 25 yosh: Turkiyadan O‘zbekistonga kelishda ikkita niqob taqib keldim va 2020-yilning kuzigacha niqobsiz ko‘chaga chiqmadim.

    Eng qizig‘i, 10 kun O‘rtasaroyda karantinda bo‘ldik, kasallik soni ko‘pligi bo‘yicha yetakchi bo‘lgan Turkiyada shuncha yurib, har xil odamlarga to‘la charter-reysdan qaytganda ham kasal bo‘lmasdan, doimiy ravishda niqob taqib ishga borib kelgan vaqtim virus bilan zararlandim.

    Shundan buyon aholi gavjum bo‘lgan joylarda, masalan, savdo markazlari, metro va do‘konlarga kirsamgina niqob taqaman. Ko‘chada, ishda esa bunga zarurat yo‘q, deb o‘ylayman. To‘g‘risi, odam nafas olmaslikdan, dimiqishdan charchadi. Niqob jonga tegdi.

    Foto: “Daryo”

    Anvar, 23 yosh: Tugadi-ku karantin, bo‘ldi.

    Behruz, 28 yosh: To‘g‘ri, rasman tugagani yo‘q. Lekin niqob taqish odamning joniga tegdi. Koronavirus bo‘lganim yo‘q. Immunitetim baland deb o‘ylayman. Yuqishidan ham qo‘rqmayman. O‘zim yurganimda niqob taqmayman. Lekin jamoat joylarida taqaman.

    Nodirbek, 25 yosh: Kasallik bizdan uzoqlashdi. Muhitga qarab ham odamlar niqob taqmay qo‘ydi, deb o‘ylayman.

    O‘zimda kasallikning yengilroq formasini o‘tkazdim. Immunitetimga ishonmaslikda emas-ku, lekin kerakli joylarda niqob taqaman.

    Samandar, 21 yosh: Koronavirus vaqtida oldi olindi, bartaraf qilindi. Kasallik kuchsizlandi. Niqob kerak emas deb o‘ylayman. Hali kasallikka chalinmadim. Qo‘rqqanim ham yo‘q.

    Gulnoza, 29 yosh: Men tibbiy niqob taqish kerakligini inkor etmayman. Ammo uni taqib yurish bilan bog‘liq “boshog‘riq”lar sabab ba’zida uni taqishni istamayman. Ayniqsa, makiyaj qilib bo‘lgach niqob taqish...

    Yuzingizdagi bor kosmetika niqobingizga ko‘chadi! Ichki qismi turli ranglarga bejalgan niqobni esa taqib yurish, nazarimda, hech qaysi qizga xush kelmaydi. U ham yetmagandek, nafas olish sabab ichi terlab ketgan niqob yuzga yopishib qolishi... Bunday niqob virusni ushlab qoladimi?

    Muslima, 19 yosh: Shu kungacha niqob taqqanman. Lekin... Aslida uni har ikki soatda almashtirib turish kerak. Hamma almashtiradimi? Yo‘q! Siz qilganingiz bilan boshqalar bunga amal qilmaganidan keyin baribir niqobning foydasi yo‘q, deb hisoblayman. Biroq sumkamda niqob turadi. Jamoat joylarida, albatta, taqib olaman.

    Foto: “Daryo”

    Erkin, 52 yosh: Kasallikning yuqumliligi pasaygan. Avtobusda, metroda va boshqa transportda ham juda ko‘pchilik niqob taqmayapti. To‘g‘ri, avval metroga kirishda so‘rardi. Hozir u ham so‘ramay qo‘ygan.

    Maska taqmaslikka o‘rganib qoldim. Agar metroda taqing desa, taqaman. Lekin boshqa joyda taqmayman.

    Kasal bo‘lganim yo‘q, soppa-sog‘man, Xudoga shukr. Koronavirus yuqishidan qo‘rqmayman. Chunki yaxshi ovqat yeyman. Vaqtida uxlab, vaqtida turaman. Sport bilan shug‘ullanaman. Avvalambor Xudo. Sog‘lig‘im yaxshiligi uchun ham taqmayman. Agar xavf tug‘ilib qolsa, taqib yurish kerak bo‘ladi. Lekin xavf hozircha ko‘rinmayapti.

    Boshqa davlatlarda kasallik kuchayib ketayotganiga kelsak, ular bilan bizning farqimiz bor-da. Misol uchun, oddiy odamlarga qarasangiz, yaxshi, go‘shtli ovqatlar yeydi. Yerimizda, yeyayotgan ovqatlarimizda ham vitaminlar ko‘p. Shuning hisobiga odamlarning immuniteti yaxshi.

    Boshqa davlatdagilar esa bizdek ovqatlanmaydi. Ularning hammasi kimyoviy usulda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni yeydi. Shuning uchun ham ularning immuniteti pastga tushib ketaveradi.

    O‘zbekistondagi tabiiy oziq-ovqatlar bizga foyda keltiryapti. Hozirgi shu turishimizda niqob taqish kerakmas, deb o‘ylayman. Agar xavf tug‘ilganda, odamlar immunitetiga ishonmasdan o‘zini ehtiyot qilish uchun ham, albatta, niqob taqqan bo‘lardi.

    Laziza, 30 yosh: Biz allaqachon oilamiz bilan koronavirus bo‘lib o‘tdik. O‘zimda immunitet shakllandi deb o‘ylayman. Shuning uchun taqmayapmiz.

    Umida, 42 yosh: O‘zimdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsam, jonimni Allohga omonat topshirganman. Qo‘rqmayman, qo‘rqqanga qo‘sh ko‘rinadi, deyishadi. Qo‘rqsangiz, u yanada yaqinlashaveradi.

    Mening oilamda ham hech kim niqob taqmaydi. Kasal bo‘lganim ham yo‘q. Hammasi e’tiqodga bog‘liq.

    To‘g‘ri, o‘zini asraganni Xudo asraydi. Lekin ertalab turib, “Oyatal Kursi”ni o‘qib, Allohdan omonatingizni so‘rasangiz, u hech qachon omonatiga xiyonat qilmaydi. Biz shu e’tiqodda katta bo‘lganmiz.

    “Navbahor” stadionida 4-mart kuni o‘tkazilgan tadbirga yig‘ilgan muxlislar.

    “Navbahor” stadionida 4-mart kuni o‘tkazilgan tadbirga yig‘ilgan muxlislar.
    Skrin: Telegram

    So‘nggi vaqtlarda nafaqat fuqarolar, balki mansabdor shaxslar ham karantin qoidalariga rioya qilish muhimligini unutib qo‘yayotganini ko‘rish mumkin. Misol uchun, 4-mart kuni Namangan shahrida “Navbahor” klubining yangi futbolchilarini tanishtirish marosimida 15 ming kishilik stadion deyarli to‘lgan. Biroq stadionga kelganlarning aksariyati niqob taqmagan, hatto viloyat hokimi ham.

    Namanganlik muxlislar karantin talablariga rioya qilmagan bo‘lsalar-da, ularning bu ishi viloyatda koronavirus ko‘payishiga olib kelmagan. SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 20-fevraldan 14-martga qadar Namangan viloyatida koronavirusga chalinish bilan bog‘liq bitta ham holat qayd etilmagan.

    Mart oyi boshida Farg‘ona viloyatining turistik maskanlariga uyushtirilgan infotur ishtirokchilarining aksar qismi niqob taqmaganini ko‘rish mumkin, ular orasida Qo‘qon shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov ham bor.

    Mart oyi boshida Farg‘onadagi infoturga kelgan jurnalist va blogerlar qurshovida turgan Qo‘qon shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov.

    Mart oyi boshida Farg‘onadagi infoturga kelgan jurnalist va blogerlar qurshovida turgan Qo‘qon shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov.
    Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

    Shu o‘rinda qiziq bir savol tug‘iladi, O‘zbekistonda niqob taqish hali ham majburiymi?

    Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov niqob taqish rejimi bekor bo‘lmaganini “Daryo”ga ma’lum qildi:

    “Niqob taqmaganlik uchun jarima jazosi amalda. Hozirgi paytda fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Niqob taqmaslik bo‘yicha asosan xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarigagina jarima qo‘llanilmoqda. Oddiy fuqarolar esa ogohlantirish bilan cheklanilmoqda”.

    Shohrux G‘iyosovning qo‘shimcha qilishicha, 11-mart kuni 411 kishiga jarima jazosi qo‘llanilgan, 4 mingdan ortiq fuqaro ogohlantirilgan. O‘zbekistonda karantin tadbirlari boshidan beri 900 mingga yaqin fuqaro jarimaga tortilgan.

    2020-yil davomida jami 855 794 kishiga jarima qo‘llanilgan bo‘lsa, 2021-yilda (1-yanvardan 11-martgacha) 41 982 kishi jarimaga tortilgan. 2021-yilda niqob taqmaganlik uchun jarima yozilganlarning qariyb 40 foizi (16 273) Farg‘ona viloyati hisobiga to‘g‘ri keladi. Balki buning sababi viloyatda hali ham kamera va dronlar yordamida niqobsiz fuqarolarni aniqlash ishlari davom etayotgani uchundir?!

    Niqob taqish qachon “otmen” bo‘ladi?

    Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov O‘zbekistonda virusdan himoyalanish uchun tavsiya etiladigan niqoblardan yaqin orada voz kechish rejasi yo‘qligini ma’lum qilgan.

    “Bekor qilish degan gap yo‘q. Balki biror erkinlikka berilgandirmiz, lekin virus atrofimizda yuribdi, u oramizda. Nega bekor bo‘lishi kerak? Ko‘ryapman, ayrimlar niqob taqmayapti. Bu xato. Odamlar jamoat xavfsizligi uchun ham niqob taqishi kerak.

    Bilasizmi, ko‘plab davlatlarda biror kasallik bo‘lmagan taqdirda ham niqob taqishadi. Chunki bu sog‘liq uchun kerak. Bizda doka niqob, ijtimoiy masofa, antiseptik vositalardan foydalanishni to‘xtatish umuman ilgari surilmayapti. Qaytaraman, O‘zbekistonda virus bor”, — deydi Nurmat Otabekov.

    O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Xojiboyev qirg‘izistonlik hamkasbiga qo‘l uzatmoqda.

    O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Xojiboyev qirg‘izistonlik hamkasbiga qo‘l uzatmoqda.
    Foto: “Daryo”

    Qirg‘iziston prezidentining O‘zbekistonga tashrifi doirasida vazirliklar va idoralar o‘rtasida hujjatlarni almashish marosimida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Xojiboyev qirg‘izistonlik hamkasbiga qo‘l uzatib yubordi. Qirg‘izistonlik vazir esa bu mumkin emasligini aytib, Xojiboyevga qo‘l uzatmagan. Aynan Sog‘liqni saqlash vaziri karantin qoidasini unutib qo‘yayotgan bir vaziyatda oddiy fuqarolardan nimani talab qilish mumkin?

    Xo‘sh, endi nima qilish lozim?

    Oxirgi uch kun ichida esa O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni keskin oshgan. SSV bergan ma’lumotga ko‘ra, 12-mart kuni 89, 13-mart kuni 86, 14-martda esa 111 nafar kishi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgani aniqlangan.

    O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash mart oyining birinchi yarmida boshlanishi aytilgandi, ammo haligacha vaksinatsiya boshlangani yo‘q! Xullas, ayni paytdagi kasallikni oldini olish borasida eng yaxshi chora — niqob bo‘lib qolaveradi. Bundan bir asr muqaddam (1918—1920-yillarda) ispan grippidan 550 milliondan ortiq odam zararlangan, 17 milliondan 100 milliongacha odam vafot etgan. O‘shanda ham kasallikni to‘xtatish uchun niqoblar muhim rol o‘ynagan.

    1918-yil. Chap tomonda: Kaliforniyada niqob taqib olgan yoshlar. Ulardan biri “Niqob taq yoki qamoqxonaga ketasan” yozuvini yopishtirib olgan. O‘ng tomonda: Yaponiyalik o‘quvchilar maktabga ketmoqda.

    1918-yil. Chap tomonda: Kaliforniyada niqob taqib olgan yoshlar. Ulardan biri “Niqob taq yoki qamoqxonaga ketasan” yozuvini yopishtirib olgan. O‘ng tomonda: Yaponiyalik o‘quvchilar maktabga ketmoqda.
    Foto: “Photar.ru”

    Shunday ekan karantin qoidalariga rioya qiling. Faqat metro va supermarketlarda emas, ko‘chada ham niqob taqishni unutmang!

    Dilshod Sharipov

    Xonzodabegim A’zamova

    15.03.2021, 19:58   Izoh (0)   67659
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda inson o‘zini baxtli his qilishi uchun yiliga qancha pul kerakligi ma’lum qilindi

    15.03.2021, 19:13

    IIV YHXBB internetda Qashqadaryoda YPX avtomobili yonib ketgani to‘g‘risidagi xabarlarga oydinlik kiritdi

    15.03.2021, 18:10

    Toshkentdagi 117-sonli bog‘cha vaqtincha yopildi. Ikki nafar tarbiyachi va bolalarda koronavirus aniqlandi

    15.03.2021, 17:47

    Toshkentda yil boshidan beri koronavirusga chalinganlarning salkam 40 foizi uy bekalari ekani ma’lum bo‘ldi

    15.03.2021, 17:39

    Toshkentda koronavirusga chalinish holatlari asosan o‘quvchilar, talabalar va tashkilot xodimlari orasida ko‘paygani ma’lum qilindi

    15.03.2021, 17:25

    Qosim-Jo‘mart To‘qayev Olmaota yaqinidagi aviahalokat qurbonlariga ta’ziya bildirgani uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

    15.03.2021, 17:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda Onix haydovchisi 13 yoshli bolani urib yubordi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 00:00

    “Daryo” dayjesti: 4-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:35

    “Do‘stlik” chegara bojxona postida 12,7 ming dollarni yashirincha olib chiqayotgan yo‘lovchi to‘xtatib qolindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:30

    Jamoat tartibiga qarshi jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs BAAdan ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:10

    Dunyoning eng go‘zal 10 nafar ayol tennischilari

    Layfstayl | 4 iyun, 22:55

    Insofsiz raqobat yoxud ko‘chirmakash “Surxon oshpazi”: xorijiy kompaniya shikoyat bilan chiqdi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 22:50

    Samarqandda transformator yonib ketdi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.