Boks bo‘yicha Rio—2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘stmatov (2-0, 2 KO) 3-aprel kuni Toshkentdagi Humo Arena’da tashkil etiladigan boks kechasida ringga ko‘tariladi.
O‘zbekistonlik bokschiga 33 yoshli tajribali Aleksis Dias (25-2, 17 KO) raqib bo‘ladi.
Bu Do‘smatov uchun professional boksdagi uchinchi jang bo‘ladi.
Mazkur boks kechasining asosiy jangida Murodjon Ahmadaliyev (8-0, 6 KO) Ryosuke Ivasaga (27-3, 17 KO) qarshi bellashuvda WBA va IBF kamarlarini himoya qiladi.
Avvalroq Shahram G‘iyosov Toshkentdagi boks oqshomida Isa Chaniyevga qarshi jang qilishi xabar qilingandi.
Shuningdek, mazkur boks oqshomida Isroil Madrimov, Bahodir Jalolov, Elnur Abduraimov, Sanjar Tursunov kabi o‘zbekistonlik bokschilar jang qilishi kutilmoqda. Shu kechada Iqboljon Xoldorov va Mirazizbek Mirzahalilov prof boksdagi debyutini o‘tkazadi.
Do‘stmatov so‘nggi jangini 2020-yilning dekabrida Odiljon Sotqinovga qarshi o‘tkazgan va uni birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)