Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 27-turida “Jenoa” 13-mart, shanba kuni “Udineze”ni qabul qildi.
Uchrashuvning 8-daqiqasidayoq genuyaliklar oldinga o‘tib oldi. Eldor Shomurodov qatnashgan hujumdan keyin Goran Pandev hisobni ochdi. Bunga mehmonlar Rodrigo de Paulning penaltidan urgan goli bilan javob qaytardi. Ikkinchi bo‘lim ham teng kurashlar ostida o‘tdi, biroq darvozalar boshqa ishg‘ol qilinmadi.
Asosiy tarkibda maydonga tushgan Shomurodov uchrashuvning 89-daqiqasida zaxiraga olindi.
“Jenoa” 28 ochko bilan 14-o‘rinda qoldi, “Udineze” (33) esa 10-pog‘onaga ko‘tarildi.
A Seriya
27-tur bahslari
13-mart, shanba
“Jenoa” — “Udineze” 1:1
Gollar: 1:0 – 8 Pandev, 1:1 – 30, penalti de Paul.“Jenoa”: Perin, Zappakosta, Biraski, Krishito, Chiborra, Strotman (Behrami, 82), Radovanovich, Zayts, Badel, Shomurodov (Pyatsa, 89), Pandev (Skamakka, 70).
“Udineze”: Musso, Molina, De Mayo, Nyuytink, Larsen, Arslan (Makengo, 64), Uolas, Pereyra, de Paul, Rodrigo Bekao, Lyorente (Nestorovski, 81).
Ogohlantirishlar: Pandev (10), Krishito (28), Badel (74), Nestorovski (90).
“Sassuolo” — “Verona” 3:2
Gollar: 1:0 – 4 Lokatelli, 1:1 – 43 Lazovich, 2:1 – 51 Jurichich, 2:2 – 79 Dimarko, 3:2 – 81 Traore.“Benevento” — “Fiorentina” 1:4
Gollar: 0:1 – 8 Vlahovich, 0:2 – 26 Vlahovich, 0:3 – 45 Vlahovich, 1:3 – 56 Ionitse, 1:4 – 75 Esserik.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)