Toshkent vaqti bilan 14-mart tongida AQShning Orlando shahrida Combat Night Pro 20 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Unda o‘zbekistonlik yakkakurashchi Anvar Boynazarov (2-0) professional MMA’dagi 2-jangini o‘tkazdi. 31 yoshli Boynazarovga amerikalik jangchi Rob Fyuller (1-8) raqib bo‘ldi.
Boynazarov jangni zarbalar seriyasi bilan boshladi va raqibini muddatidan avval chuqur nokaut holatiga tushirdi. Shu tariqa Anvar MMA’dagi ikkinchi jangini ham g‘alaba bilan yakunladi.
Boynazarov ishtirokidagi jang videosini bu yerda ko‘rish mumkin — havola.
Eslatib o‘tamiz, “The Uzbek” MMA’dagi debyut jangini 2020-yilning dekabrida o‘tkazgan va unda Henri Li Krappni birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)