Professional boksning super yengil vazn toifasida (-63,5 kg) ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov (10-0, 8 KO) 3-aprel kuni Toshkentdagi Humo Arena’da tashkil etiladigan boks kechasida ringga ko‘tariladi.
Rio—2016 Olimpiadasi sovrindoriga rossiyalik bokschi Isa Chaniyev (14-3, 6 KO) raqib bo‘ladi. Unda G‘iyosov WBA International kamarini himoya qiladi.
2015-yildan buyon professional boksda faoliyat yuritayotgan Chaniyev 2016-yilda o‘zbekistonlik bokschi Sherzod Mamajonovni nokautga uchratgandi.
Mazkur boks kechasining asosiy jangida Murodjon Ahmadaliyev (8-0, 6 KO) Ryosuke Ivasaga (27-3, 17 KO) qarshi bellashuvda WBA va IBF kamarlarini himoya qiladi.
Shuningdek, mazkur boks oqshomida Isroil Madrimov, Bahodir Jalolov, Elnur Abduraimov, Sanjar Tursunov kabi o‘zbekistonlik bokschilar jang qilishi kutilmoqda. Shu kechada Iqboljon Xoldorov va Mirazizbek Mirzahalilov prof boksdagi debyutini o‘tkazadi.
G‘iyosov so‘nggi jangini 2020-yilning avgustida Uiston Kamposga qarshi o‘tkazgan va uni uchinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)