• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov muzokaralarni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom ettirdi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov muzokaralarni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom ettirdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Muzokaralarda asosiy e’tibor ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga qaratildi.

    Ta’kidlanishicha, bu boradagi ko‘rsatkichlar ijobiy dinamikaga ega. Xususan, so‘nggi to‘rt yilda o‘zaro savdo besh barobardan ziyodga o‘sgan va 900 million dollardan oshgan.

    Davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish strategik sheriklikning ustuvor yo‘nalishi ekanini ta’kidladi. Savdo aylanmasini diversifikatsiya qilish va nomenklaturasini kengaytirish orqali kelgusi yillarda uning hajmini ikki barobar ko‘paytirish imkoniyati borligi qayd etildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shu maqsadda ikki mamlakat bozorlarida xaridorgir bo‘lgan, shu jumladan, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar yetkazib berish, tashqi savdo infratuzilmasi va eksport-import operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlashga kelishib olindi. Savdo-iqtisodiy aloqalar rivojida O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya muhim o‘rin tutayotgani e’tirof etildi.

    Kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida hukumat rahbarlariga komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini tez orada o‘tkazish vazifasi qo‘yildi. Savdo uylari faoliyatini kengaytirish, biznes-forumlar va sanoat mahsulotlari ko‘rgazmalarini o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha aniq loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi. Bular, xususan, Qirg‘izistonda yengil avtomobillar, qishloq xo‘jaligi texnikalari, maishiy texnikalarni yig‘ishni tashkil etish, shuningdek, chegaraoldi hududlarda to‘qimachilik va qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalardir.

    E’lon qilingan kapitali 200 million AQSh dollari bo‘lgan O‘zbekiston – Qirg‘iziston investitsiya jamg‘armasi tashkil etilishi belgilandi, ikki mamlakat hukumatlariga uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Qayd etilishicha, transport sohasi va tranzit yo‘laklarini rivojlantirish – O‘zbekiston va Qirg‘iziston hamkorligining muhim yo‘nalishi. Bu boradagi sa’y-harakatlar tashqi bozorlarga yaqin va samarali chiqishni ta’minlaydi. Ayniqsa, O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy temiryo‘lining qurilishi strategik ahamiyatga ega.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezidentlar mazkur yo‘lning qisqa vaqtda barpo etilishi ikki mamlakat manfaatlariga to‘liq mos kelishi, mintaqaning tranzit salohiyatini yuzaga chiqarib, jozibadorligini oshirishini alohida ta’kidladi. Shu bois ushbu muhim loyiha bo‘yicha ishlarni birgalikda davom ettirishga kelishib olindi.

    Ma’lum qilinishicha, Toshkent–Andijon–O‘sh–Irkishtom–Qashg‘ar xalqaro multimodal yo‘nalishi ham savdo hajmi ortishiga xizmat qiladi. Shuningdek, ikki davlat shaharlari o‘rtasida avtobus, temiryo‘l va aviaqatnovlarni qayta tiklash yuk tashish, yo‘lovchi va turistlar oqimining ko‘payishida muhim omil bo‘ladi.

    Aloqalarning yana bir katta yo‘nalishi – hududlararo hamkorlik hisoblanadi. Bu borada 2017-yil 5-sentabrda hukumatlar o‘rtasida bitim hamda ikki mamlakat viloyat va shaharlari o‘rtasida kelishuvlar imzolangan. 2018-yilda Hokimlar va chegaradosh viloyatlar ma’muriyatlari rahbarlari kengashi tuzilgan.

    Uchrashuvda hududlararo hamkorlikni yanada faollashtirib, erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash, chegaraoldi viloyatlarni kompleks rivojlantirish, davlat chegarasidan o‘tkazish punktlarida aholi uchun qulay sharoitlar yaratish zarurligi ta’kidlandi. Ushbu kelishuvlar tashrif arafasida Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hamda O‘sh, Jalolobod, Botken va Norin viloyatlari tomonidan kelishib olingan “yo‘l xaritalari” doirasida amalga oshiriladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Tomonlar Markaziy Osiyodagi suv-energetika resurslaridan kompleks va oqilona foydalanish tarafdori ekanini yana bir bor tasdiqladi. Bu yo‘nalishdagi hamkorlikning uzoq muddatli barqaror mexanizmlarini ishlab chiqishga kelishildi. O‘zbekiston Qirg‘izistonda gidroenergetika loyihalarini amalga oshirishda qatnashishga tayyorligini bildirdi.

    Uchrashuvda xalqlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashning muhim omili bo‘lgan madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqildi.

    Fan, ta’lim, madaniyat, sport va turizm kabi sohalarda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yakdil fikr bildirildi. Davlat rahbarlari madaniy almashinuvlar ikki xalq o‘rtasida o‘zaro tushunish va do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidlab, madaniyat kunlari va boshqa gumanitar tadbirlarni qayta tiklashga kelishib oldi.

    Qirg‘iziston prezidenti koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekiston tomonidan ko‘rsatilgan insonparvarlik yordami uchun minnatdorlik bildirdi. Sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasida, jumladan, dori-darmon va tibbiyot vositalari yetkazib berish borasidagi aloqalarni kengaytirish muhimligi qayd etildi.

    Mavzuga doir:

    • Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Toshkentga yetib keldi. Uni bosh vazir Abdulla Aripov kutib oldi
    • “O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida endi hech qanday to‘siqlar yo‘q” — Qirg‘iziston TIV vaziri
    • Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Toshkentda Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi
    • Ko‘ksaroyda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi (foto, video)
    • Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov tor doirada muzokara o‘tkazdi

    11.03.2021, 20:19   Izoh (0)   12692
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston fuqaroligi masalalarini ko‘rib chiqish tartibi belgilandi

    11.03.2021, 20:11

    Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov tor doirada muzokara o‘tkazdi

    11.03.2021, 19:44

    “Bizda men rahbarman, mening aytganim bo‘ladi, degan qoida saqlanib qolgan” — Inomjon Tog‘ayev

    11.03.2021, 19:23

    Ko‘ksaroyda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi (foto, video)

    11.03.2021, 18:10

    O‘zbekistonda Prezident maktablariga 2021/2022-o‘quv yilida 1632 nafar o‘quvchi qabul qilinadi

    11.03.2021, 17:25

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga to‘rtinchi kun ko‘tarildi

    11.03.2021, 17:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.