• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroda pora bilan qo‘lga tushgan bog‘cha mudirasiga 3 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi berildi

    Buxoroda ish so‘rab kelgan fuqarodan 300 dollar olgan bog‘cha mudirasiga hukm o‘qildi. Bu haqda “Daryo”ga Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudi sudyasi Boborahim Ochilov ma’lum qildi.

    Ma’lum bo‘lishicha, 2019-yilning 15-oktabr kunidan buyon G‘ijduvon tumanidagi 71-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasi lavozimida ishlab kelgan D.R. o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda qabuliga ish so‘rab kelgan Gulnoza G‘aybullayevani xo‘jalik mudirasi vazifasiga ishga qabul qilishi evaziga 300 dollar talab qilgan. Buncha miqdordagi mablag‘i bo‘lmagan fuqaro bepul ishga joylashishini uzoq vaqt kutgan. Biroq harakatlari, iltimoslari zoye ketgan.

    Shundan so‘ng u 2019-yildan buyon ishga joylasha olmayotgani, maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasi talab qilayotgan 300 dollar miqdoridagi pulni berishga oilaviy sharoiti va imkoniyati yetmasligi yuzasidan huquq-tartibot idoralariga ariza bilan murojaat qilishga majbur bo‘lgan.

    2020-yilning 10-dekabr kuni fuqaro Gulnoza G‘aybullayeva bog‘cha mudirasidan telefon orqali o‘tgan yildan buyon taklif qilib kelayotgan ish o‘rni bo‘sh yoki bo‘sh emasligi haqida so‘ragan. Shunda mudira MTTda xo‘jalik ishlari mudirasi lavozimi vakant ekanligi, aytilgan miqdordagi pulni bersa, shu lavozimga uni ishga olishini bildirgan.

    Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan fuqaro Gulnoza G‘aybullayevaga tadbirda ishlatish uchun maxsus fonddan 300 dollar rasmiylashtirib berilgan. Shu kuni kechga yaqin u mudira bilan tuman markazidagi “Firdavs market” savdo majmuasi oldida uchrashgan.

    Fuqaro MTTga ishga kirmoqchi ekanligini bildirganida mudira yana takroran undan kelishilgan pulni talab qilgan. Shundan so‘ng mudiraga maxsus ishlov berilgan 300 dollar berilgan. D.R. pullarni olib, cho‘ntagiga solgan paytda tezkor xodimlar xolislar ishtirokida yetib kelgan va holat rasmiylashtirilgan.

    Tergov-surishtiruv jarayonlarida bog‘cha mudirasi o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lgan. Jinoyat ishida mavjud bo‘lgan va sudda o‘z tasdig‘ini topgan barcha dalillar o‘z isbotini topgan.

    Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudi mazkur ishni ko‘rib chiqib, mudirani Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismining “v” bandi (pora olish) bilan ayblab, unga nisbatan  57-modda (yengilroq jazo tayinlash) qo‘llanilgan.

    “Shuningdek, bog‘cha mudirasi 3 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosini o‘taydi va u soat 20:00 dan soat 07:00 gacha yashash joyidan chiqib ketmaydi. Bundan tashqari, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 45-moddasi (muayyan huquqdan mahrum qilish) qo‘llanilib, 2 yil muddatga moddiy javobgarlik va mansabdorlik ishlarda ishlash huquqidan mahrum qilish jazosi ham tayinlandi”, — deydi sudya Boborahim Ochilov.

    Mavzuga doir: 

    • Surxondaryoda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xodimi pora bilan qo‘lga tushdi
    • Termizda 3 ming dollar evaziga ikki kishini harbiy qismga ishga joylashtirib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
    • Bo‘stonliqda o‘zganing 15 sotix yerini 33 ming dollarga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi

    09.03.2021, 13:26   Izoh (0)   13080
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston va Turkiya strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

    09.03.2021, 13:09

    O‘zbekistonda 10-mart kuni shamol tezligi kuchayib, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    09.03.2021, 12:46

    Toshkent shahrining bozor va savdo komplekslarida undiriladigan yangi yig‘im miqdorlari tasdiqlandi

    09.03.2021, 12:22

    Astana Motors rahbari O‘zbekiston avtomobil bozorini “qulay” deb atadi

    09.03.2021, 12:10

    Toshkent shahar IIBB poytaxtdagi tadbirkor ayolning qo‘lga olinishiga izoh berdi. Uning o‘g‘li buni noqonuniy deb ta’kidlamoqda

    09.03.2021, 11:24

    Artashes Davtyan Beeline Uzbekistan rahbari etib tayinlandi

    09.03.2021, 10:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Olimlar kuyish va yaralarni davolash uchun “suyuq” teri yaratdi

    Dunyo | 13 avgust, 00:10

    “Shtat ulkan rus merosini saqlab qolmoqda” — Alyaskaning sobiq vitse-gubernatori

    Dunyo | 12 avgust, 23:50

    Janubiy Koreya sudi sobiq prezidentning rafiqasini qamoqqa olish uchun order berdi

    Dunyo | 12 avgust, 23:40

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha testlar qachon o‘tkazilishi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 23:30

    Isroil G‘azoni bombardimon qilishni kuchaytirdi. Bir sutkada 89 kishi halok bo‘lgan

    Dunyo | 12 avgust, 23:15

    Ispaniya va Portugaliyada o‘rmon yong‘inlari avjiga chiqmoqda

    Dunyo | 12 avgust, 23:00

    Zelenskiy 22 yoshgacha bo‘lgan ukrainaliklar uchun chegaradan o‘tishni soddalashtirishni topshirdi

    Dunyo | 12 avgust, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.