Futbol bo‘yicha Rossiya Premyer Ligasining 21-turida “Ufa” 7-mart, yakshanba kuni “Ural”ga qarshi safar o‘yinida ishtirok etdi.
Uchrashuvning 14-daqiqasidayoq mehmonlar bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi. Buning ustiga birinchi bo‘lim so‘ngida “Ufa”ning o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Oston O‘runov jarohat olib, maydonni tark etdi. Biroq uchrashuvda hisob ochilmadi va tomonlar murosa yo‘lini tanladi.
“Ufa” 14 ochko bilan 14-pog‘onada bormoqda, 12-o‘rindagi “Ural”da 23 ochko bor. “Ufa” keyingi turda “Rubin”ni qabul qiladi, “Ural” esa “Rotor”ga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, 3-mart kuni “Ufa” Rossiya Kubogi 1/8 finalida aynan “Ural” bilan bahs yuritgan va 3:0 hisobida g‘alaba qozongandi. O‘sha uchrashuvda O‘runov golli uzatma muallifiga aylangandi.
RPL
21-tur bahsi
7-mart, yakshanba
“Ural” — “Ufa” 0:0
“Ural”: Godzyur, Strannberg, Kulakov, Rikov, Kalinin, Yovichich (Panyukov, 79), Augustinyak, Yegorichev (Yevseyev, 62), al-Kabir, Pogrebnyak, Ibrahimay (Gajimuradov, 46).“Ufa”: Belenov, Tabidze, Pliyev, Suxov, Mrzlyak, O‘runov (Krotov, 41), Miletich (Alikin, 84), Bizoza, Yokich, Jamaletdinov (Golubev, 90), Andrich (Sisuyev, 90).
Ogohlantirishlar: Rikov (56), Suxov (61), Gajimuradov (73), Mrzlyak (83), Kulakov (90).
Chetlatish: Bizoza (14).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)