Rossiyalik sportchi Pyotr Yan (15-2) UFC promoushenidagi navbatdagi jangini 7-mart, yakshanba kuni amerikalik Aljemeyn Sterlingga (20-3) qarshi o‘tkazdi.
Yan Sterlingga qarshi jang orqali o‘zining UFC’ning yengil vazndagi (57—61 kg) chempionlik kamarini himoya qilishi kutilgandi. Besh raundga mo‘ljallangan jang kutilmagan natija bilan yakunlandi. 4-raundda Yan o‘tirgan holatdagi Sterlingga tizza bilan taqiqlangan zarba berib yubordi. Ushbu zarbadan so‘ng hakam jangni to‘xtatdi. Aljemeyn jangni davom ettira olmasligi ma’lum bo‘lgach, hakamlar taqiqlangan zarba sabab Pyotrni diskvalifikatsiya qildi. Shuningdek, ushbu vazndagi chempionlik kamari Sterlingga berildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Islom Maxachevning UFC 259 musobaqasida muddatidan avval g‘alaba qozongani haqida xabar berilgandi.
Yan—Sterling jangini bu yerda tomosha qilish mumkin — video.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)