• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Texnologik gigantlar raqobati, AQSh Yaqin Sharqdan ketadimi? Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” an’anaviy jahon matbuoti sharhi ruknini davom ettiradi.

    Texnologik gigantlarning raqobati qanday tus oladi?

    Texnologiyalar borasida eng ulkan kompaniyalar raqobatga kirishmoqda. Gigant kompaniyalarning qanday ish olib borishi ko‘pchilikka sir bo‘lib qolar ekan, oligopoliya monopoliyaga nisbatan yaxshiroqdek tasavvur qoldirmoqda. Oligopoliyaning iste’molchilar uchun manfaatli jihatlari ko‘proq ekanligi inobatga olinsa, oligopoliyalar uchun daromad olishning ayni payti keldi, deb yozadi The Economist nashri.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Texnologiyalar sohasida monopoliya ustun deydigan fikrlar hozirda urfda, iste’molchilar dunyoni monopoliyalar boshqarishi haqida ham yaxshigina tasavvurga ega. Lekin zamon shiddatli kechmoqda, eskicha dunyoqarash mag‘lubiyatga eltadi, monopolistlarning esa o‘z hukmronligini saqlab qolishga urinishlari oxir-oqibatda mag‘lubiyat, bankrotlik bilan tugaydi. AQShda texnologik kompaniyalar oligopoliya taraf bo‘lmoqda, o‘z texnologik xizmatlarida mijozlar uchun qulay sharoitlarni yaratish ustida bosh qotirib, mijozlar aynan ularni tanlashi uchun ko‘plab sarmoya kiritmoqda va rivojlanmoqda. Bir vaqtlar mashhur bo‘lgan Fairchild Semiconductor va Hewlet-Packard kompaniyalari bozordagi o‘z ustunligini allaqachon boy bergan bo‘lsa, Apple, Microsoft kabi kompaniyalar 40 yil, Alphabet, Amazon kompaniyalari 20 yil, Facebook 17 yil xalqaro raqobat bozoridagi yetakchi mavqeyini saqlab kelishga muvaffaq bo‘lmoqda. Kengayish ko‘lami miqdorning yiriklashuviga olib kelmoqda va o‘z navbatida qidiruv tizimlari, ijtimoiy tarmoqlar, striming xizmatlari, elektron tijorat, yetkazib berish va xizmat  barcha yerda o‘zining sehrli jozibasi bilan mo‘jiza yaratmoqda. O‘z sohasida eng yetakchiga aylangan kompaniyalar bir-biri bilan raqobatlashishga intilayotgani ham sezilgani yo‘q.

    2020-yilda uch texnologik gigant kompaniyaning dunyo iqtisodiyotidagi ulushi nihoyatda o‘sdi, Amerikadagi beshta texnologik kompaniyaning bozordagi qiymati 7,6 trillion dollarni tashkil qildi. Bu miqdor keyingi davrda ikki karra ko‘payishi taxmin qilinmoqda. Gigant kompaniyalar bozorlarni egallash jarayonida o‘z sohasida faoliyat yuritayotgan kompaniyalarning, kichikroq firmalarning xizmatlarini ham inobatga olib rivojlanmoqda. Nega bunday vaziyat yuzaga keldi?

    Avvalo, yirik texnologik kompaniyalar asosiy mahsuloti tayyor bo‘lgach yangi texnologik imkoniyatlarni va ayni paytda Amerika, Xitoy va Yevropa nazorat organlarining tahdidlarini sezmoqda. 2015-yildan beri AQShdagi 5 texnologik gigant kompaniyaning daromadi 22 % dan 38 % gacha o‘sdi. Microsoft va Alphabet borgan sari bulutli texnologiyalar sohasida Amazonning o‘rnini egallayotgan bo‘lsa, Amazon raqamli texnologiyalar sohasida istiqbolni ko‘zlamoqda.

    Ikkinchidan, hozirgi bozor munosabatlari sharoitida autsayder kompaniyalarning daromadlarida ham jiddiy o‘zgarishlar bo‘lmoqda. 98 yillik Disney kompaniyasi so‘nggi bir yarim yil ichida striming video xizmat orqali 116 millionlik yangi mijozlarga ega bo‘lgan bo‘lsa, 58 yillik Walmart o‘tgan yilda onlayn sotuvlardan 38 milliard dollar foyda ko‘rdi. Shopify va PayPal kompaniyalari esa elektron tijorat yordamida pandemiya sharoitida ham o‘z o‘rinlarini saqlab qola olish bilan birga, daromadga ham ega bo‘lmoqda.

    Bu vaziyat vaqtinchalik holat sifatida baholansa-da, ammo Osiyoda Xitoyning Alibaba, Tencent kabi kompaniyalari ulkan sakrashni amalga oshirdi. Hozirda bu kompaniyalarning ozor qiymati 100 milliard dollarni tashkil qilmoqda. Bu kompaniyalar asosan mijozlarga qulaylik yaratish borasida innovatsiyalarga bosh urib, monopolcha yondashuvdan voz kechmoqda. Natijada iste’molchilar ularning xizmatlaridan foydalanish ancha arzon va qulayligini allaqachon anglab yetishgan. Ular xilma-xillik taraqqiyot garovi, degan tamoyil asosida rivojlanib bormoqda. Oligopoliyalar o‘rtasidagi raqobat yuvilib bormoqda. Misol uchun, Alphabet kompaniyasi Apple’ga Google Apple mahsulotlarining qidiruv tizimi bo‘lib qolishi uchun ham yiliga 12 milliard dollar mablag‘ to‘lamoqda. Xitoyda esa Alibaba va Tencent ikkinchi darajali kompaniyalarning ulushiga ega bo‘lgan holda ularga yirikroq bozorlarga chiqish imkonini yaratib bermoqda. Bu jarayonda antimonopoliya davlat idoralarining ham xizmati katta. Yevropada turli firmalar bozorga o‘z mahsulotlarini teng huquqlilik asosida olib kirishlariga sharoit yaratib beradigan qonunchilik sari qadam tashlayotgan bo‘lsa, Xitoyda bozorga chiqishga urinayotgan kichik kompaniyalarga katta kompaniyalarning xalaqit bermasligi borasida qonunchilik mavjud.

    Disney 2024-yilda 325 million obunachiga ega bo‘lishga intilayotgan bo‘lsa, Facebook elektron tijoratda o‘zini sinab ko‘rmoqchi, Microsoft esa TikTok va Pinterest’ni sotib olishga urinmoqda.  Oligopoliyalarning raqobati esa iste’molchilarga qulay imkoniyatlar beradi. Avvalo, iste’molchilarning tanlov imkoniyati kengayadi, sababi kengayib borayotgan xizmatlar firmalarni yanada faol raqobatlashishga va mijozlarning ishonchini qozonishga chorlaydi. Ikkinchidan, kompaniyalar o‘z xizmat ko‘rsatish standartlarini yaxshilar ekan, mijozlarning ishonchiga sazovor bo‘ladi va bu ularga yangi mijozlarga ega bo‘lishiga imkon beradi. Kim yaxshi sifatni va xizmatni kafolatlay olsa, o‘sha kompaniyaning oshig‘i olchi. Demak, kelajakda raqobatbardosh raqamli iqtisodiyot o‘yinchilari bozorlar, iste’molchilar va biznes uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etishda davom etadi va oligopoliyalar bozor o‘yinlarini o‘zgartirishda davom etmoqda.

    Jozef Bayden AQShni Yaqin Sharqdan olib keta oladimi?

    Barak Obama ham, Donald Tramp ham AQShning harbiylarini Yaqin Sharq mintaqasidan olib chiqib ketish borasida ancha bosh qotirdi.  Biroq Yaqin Sharq ularni qo‘yib yubormaslik uchun harakatda edi, deb yozadi The Economist nashri.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Barak Obama Yaqin Sharq mintaqasidan yuz o‘girib, Osiyo tarafga yuzlanmoqchi bo‘ldi, ammo dastavval Arab bahori, IShID, Eron yadroviy dasturi AQSh hukumatining oyog‘iga tushov solgandek uning ketishini istamasdi. Donald Tramp Yaqin Sharq mintaqasida urushlarga nuqta qo‘yishga qanchalik urinmasin, Eron bilan munosabatlarini yomonlashtirib oldi. Tramp bu mintaqaga 14 ming nafar askarini yubordi-yu, amerikaliklarning mazkur hududdagi holatini o‘zgartira olmadi. Bayden ham AQShning Yaqin Sharqdagi vaznini kamaytirishga intilmoqda.

    Jo Bayden hattoki Isroil bosh vaziri Netanyaxuga qo‘ng‘iroq qilishni ortga surib kelganidan uning matbuot kotibi Jen Psaki Netanyaxuga sim qoqib, Baydenning maqsadini izohlab berishga ham majbur bo‘ldi. Nihoyat, Bayden 17-fevral sanasida inauguratsiyadan bir oy vaqt o‘tib, isroillik hamkasbiga qo‘ng‘iroq qildi. Saudiya Arabistoni misolida ham xuddi shunday ish tutdi. Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi ortidan e’lon qilingan maxfiy hujjatlar natijasida Saudiya Qirolligi oliy rahbari bilan telefonda suhbatlashdi.

    Janob Baydenning saylovoldi kampaniyasi davomida Saudiya Arabistonini yakkalab qo‘yish haqidagi bayonotlari bugunda unutildi. Bu esa aksar amerikaliklarning ham Baydenga nisbatan ishonchiga putur yetkazdi.  Bayden Saudiya Arabistoniga qarshi hujum vositalarini yetkazib berishni taqiqlarkan, BAAga ham qurol-yarog‘ sotish masalasini qayta ko‘rib chiqish haqida farmon berdi. U, shuningdek, Isroil va Falastin munosabatlari barqarorlashuviga ham uncha e’tibor bermay kelmoqda, vaholanki, bu masala so‘nggi davrda AQSh hukumatiga kelib ketgan sobiq besh nafar prezidentning diqqat markazida bo‘lib kelgandi. Aftidan, Bayden ma’muriyati bugunda Yaqin Sharq avvalgidek AQShning bosh maqsadiga aylanmaydi qabilida ish tutayotganidan darak berishi mumkin. Vaziyat qanday rivojlanadi, oldinda hali to‘rt yil muddat turibdi.

    E’tiborga molik yana bir jihat shuki, AQSh Saudiya nefti va Isroilni himoya qilishi kerak degan amerikacha tamoyil avvalgidek o‘z mazmunini yo‘qotayotgandek. Amerika hamon neft sohasiga ehtiyoji sabab bu sohani nazorat qilishga intilayotgan bo‘lsa-da, saudlar neftidan ko‘ra Meksika nefti hozircha amerikaliklarning ehtiyojini qanoatlantirmoqda. Isroil mintaqadagi yadro quroliga ega bo‘lgan yagona mamlakat sifatida qaralsa, AQSh uchun Isroilning xavfsizligini ta’minlash ortiqcha hashamatdek. Qo‘shimcha tarzda Yaqin Sharq nafaqat isroil-falastin muammosi, balki sunniy va shia mazhabi o‘rtasidagi adovat makoniga ham aylangan. Isroil esa Saudiya Arabistoni tarafida Eronga qarshi tish qayramoqda.

    O‘tgan yili Baydenning hozirda milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan Jeyk Sallivan The Foreign Affairs jurnaliga bergan intervyusida AQShning Yaqin Sharqdagi masala borasida o‘zini chetga tortishi hali AQSh mintaqani zudlik bilan tark etishi kerak, degan ma’noni bermaydi, deya fikr bildirgandi.

    Bayden hukumati ayni paytda Eron masalasida bosh qotirmoqda. AQSh Eron bilan Obama davrida imzolangan yadroviy kelishuvni bosh maqsad deb bilmoqda. Bu esa Bayden hukumati uchun eng dolzarb masalaga aylangan. Eron bilan imzolangan kelishuv Obama ma’muriyatining eng ijobiy kelishuvi deya atalgan bo‘lsa, Tramp bu kelishuvni eng “kulgili va dahshatli” bitim sifatida ta’riflagan holda Eronga qarshi iqtisodiy jazo choralarini kuchaytirishda davom etdi. Eron esa milliy valyutasi rialning keskin qadrsizlanishi va pandemiya davridagi og‘ir vaziyatga qaramasdan ham, AQShga qarshi tura olishini namoyish qila bildi. Bayden esa endilikda Tramp bekor qilgan kelishuvga Eron hukumatini yana chorlay boshladi. Eron esa Baydenning g‘oyasi amalga oshirilishi uchun yangi talablarni ilgari surmoqda. Bu esa dunyo siyosatchilari orasida ikki taraf ham kelishuv imzolanishiga rozi-yu, biroq siyosiy o‘yin qilgan holda yana qandaydir bir ko‘proq manfaatlarga erishishga intilmoqda, deb yozmoqda. Shunday qilib, hozirda AQSh tarafi o‘z bayonotlarida mintaqadan chiqib ketishga istak bildirar ekan, amaliyotda bunday siyosatning etagidan tutish ancha qiyin kechadi.

    Jahongir Ergashev tayyorladi

    06.03.2021, 23:39   Izoh (0)   33020
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ekvador ichki ishlar vaziri iste’foga chiqqanini e’lon qildi, u ishdan ketishiga sabablardan biri sifatida koronavirusga chalinganini keltirdi

    06.03.2021, 16:47

    JSST dunyodagi COVID-19’ga qarshi emlashga bo‘lgan ishonchsizlikdan xavotirda

    06.03.2021, 14:30

    Zelenskiy Mixail Saakashvilini lavozimidan mahrum qildi

    06.03.2021, 13:30

    Bayden Eronga qarshi antiterror sanksiyalar muddatini bir yilga uzaytiradi

    06.03.2021, 11:30

    Moskvada 8-martdan keksalar uchun majburiy karantin bekor qilinadi

    06.03.2021, 08:29

    BMT: Insoniyat oziq-ovqat mahsulotlarining uchdan bir qismini tashlab yubormoqda

    06.03.2021, 07:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.