Moskva meri Sergey Sobyanin 8-martdan boshlab shaharda 65 yoshdan oshgan va surunkali kasalliklarga chalingan kishilar uchun majburiy izolyatsiya rejimi bekor qilinishini aytdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Bundan tashqari, cheklovga uchragan pensionerlarning ijtimoiy kartalari ham 8-mart kuni ochiladi. O‘sha kundan boshlab Moskva ma’murlari aytganidek, “uy rejimi” tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘ladi.
Shu bilan birga, 65 yoshdan oshgan yoki surunkali kasalliklarga chalingan xodimlarni masofaviy ish rejimiga o‘tkazish majburiyati ham tavsiyaviy xususiyatiga ega bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Moskvada koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatning yomonlashuvi fonida joriy etilgan qariyalar uchun izolyatsiya rejimi 2020-yil sentabr oyining oxiridan boshlab amal qilmoqda. 9-oktabr kuni Moskva hukumati pensionerlar uchun ijtimoiy kartalarning amal qilishini to‘xtatdi. Ammo dekabr oyida Sergey Sobyanin COVID-19’ga qarshi emlangan keksa moskvaliklar uchun ijtimoiy kartalarni blokdan chiqarishga ruxsat bergan edi.
Eslatib o‘tamiz, 12-fevral kuni Rossiya hududlari ichida birinchi bo‘lib Udmurtiya Respublikasi niqob taqish majburiyatini bekor qildi. O‘sha kundan boshlab hududdagi niqob taqish rejimi tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘lib kelmoqda.
Izoh (0)