Xalqaro futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (IFAB) ayrim futbol qoidalariga o‘zgarish kiritdi.
Endi to‘p hujum qilayotgan jamoa futbolchisining qo‘liga tasodifan tegib ketadigan bo‘lsa, o‘sha o‘yinchi yoki uning jamoadoshi tomonidan urilgan gol inobatga olinadi.
Bunga qadar to‘p hujum qilayotgan jamoa futbolchisining qo‘liga tegadigan bo‘lsa, bu qoidaga xilof hisoblanib, gol va golga tortadigan vaziyatlar inobatga olinmayotgan edi.
Shu bilan birga IFAB mazkur vaziyatda qo‘lning qay tariqa turgani va futbolchining harakatini baholashni hakamlarning ixtiyoriga topshirilishini ma’lum qildi.
Mazkur qaror 2021-yilning 1-iyulidan kuchga kiradi, biroq ligalarga qarorni muddatidan avval amaliyotga kiritishga ruxsat berildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)