Yarim yengil vazn toifasida harakat qiluvchi UFC jangchisi Zubayra Tuxugov (19-5-1) va Rikardo Ramos (14-3) o‘rtasidagi jang bekor qilindi. Bu haqda jurnalist Igor Lazorin xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, Zubayra tizzasidan jarohat olgan. Rossiyalik yakkakurashchi jang o‘tkaza olmasligi haqida UFC’ga ma’lum qilgan.
Tuxugov va Ramos o‘rtasidagi jang 14-mart kungi UFC Vegas 21 musobaqasida bo‘lib o‘tishi belgilangandi.
30 yoshli Tuxugov so‘nggi jangini 2020-yilning sentabrida o‘tkazib, kutilmagandan Hakim Davoduga yutqazib qo‘ygandi. Ramos esa iyul oyida Leron Myorfiga qarshi jangda nokautga uchragan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)