O‘zbekistondan noqonuniy ravishda 21 970 dollar olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxs aniqlandi, deya xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi.
Qayd etilishicha, Toshkent xalqaro aeroporti chegara bojxona posti inspektorlari tomonidan xorijga uchib ketayotgan fuqaro G.O‘. o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkaziladi.
Ko‘rik natijasida fuqaro tomonidan yozma deklaratsiyalangan 6640 AQSh dollaridan tashqari, uning yuklarida jismoniy shaxslar tomonidan yozma deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan, ammo krossovka va choy paketi ichiga joylangan hamda shu tarzda bojxona nazoratidan yashirilgan 21 970 AQSh dollari borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bundan avval Farg‘onada 300 million so‘mlik uyali aloqa vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgani, O‘zbekistonga 1,7 kg giyohvandlik vositalarini oshqozonida olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olingani hamda bojxonachiga 9400 dollar taklif qilgan shaxs ushlangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)