• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda NNTlar faoliyati davlat aralashuvidan himoya qilinadi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-mart kuni “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi, deb xabar beradi O‘zA.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Hujjatga ko‘ra, 2021-yil 1-martdan boshlab nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni xabardor qilgan (ma’lumot uchun) holda xorijiy manbalardan olinadigan pul mablag‘lari va mol-mulkning bir kalendar yilidagi jami summasi bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 100 baravarigacha oshiriladi. Nodavlat notijorat tashkilotini qayta ro‘yxatdan hamda uning ramzini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddati bir oydan 15  kungacha qisqartiriladi.

    Shu bilan birga, nogironligi bo‘lgan shaxslar, faxriylar, nuroniylar, xotin-qizlar, bolalar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish uchun davlat boji undirilmaydi.

    Bundan tashqari, hujjat bilan nodavlat notijorat tashkilotining alohida bo‘linmasi yuridik shaxs hisoblanadi, bunda alohida bo‘linmalarni hisobga qo‘yish tartibi bekor qilinadi.

    Mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalarni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondiga davlat subsidiyasi ajratib boriladi.

    2021—2022-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida fuqarolik jamiyati institutlari faollari o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yangi fuqarolik tashabbuslarini amalga oshirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini muhokama qilish, mavjud muammolarning yechimi yuzasidan takliflar tayyorlash hamda shaxsiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiluvchi kovorking-markazlari tashkil etiladi.

    Hujjatga ko‘ra, faoliyatini ustav maqsadlariga muvofiq O‘zbekistonning barcha hududida olib boradigan hamda ikki yoki undan ortiq ma’muriy-hududiy birlikda alohida bo‘linmalariga ega bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlari respublika nodavlat notijorat tashkilotlari etib e’tirof etiladi, faoliyatini ustav maqsadlariga muvofiq viloyat, tuman, shahar, shaharcha, qishloq va ovul hududida olib boradigan nodavlat notijorat tashkilotlari hududiy nodavlat notijorat tashkilotlari hisoblanadi, hududiy nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida davlat boji undiriladi.

    Vazirlik va idoralarga belgilangan ijtimoiy sheriklik sohalaridan kelib chiqib, bir oy muddatda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun nodavlat notijorat tashkilotlariga budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan beriladigan davlat ijtimoiy buyurtmalarining 2021—2023-yillarga mo‘ljallangan rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlatish vazifasi yuklatildi.

    Adliya vazirligi Oliy sud va Bosh prokuratura bilan birgalikda ikki hafta muddatda davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining nodavlat notijorat tashkilotlarining qonuniy faoliyatiga aralashganlik uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritishi kerak.

    NNT assotsiatsiyasi

    Hujjatda O‘zbekistonning nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar mavjud. Assotsiatsiya va uning hududiy bo‘linmalari boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 44 nafar etib belgilanadi hamda ularning mehnatiga haq to‘lash miqdorlari ikki baravarga oshiriladi. Assotsiatsiya markaziy apparati va hududiy bo‘linmalarini zarur texnika, avtotransport vositasi, ofis anjomlari, mebel jihozlari bilan ta’minlaydi hamda boshqa moddiy-texnik bazasini mustahkamlaydi.

    Assotsiatsiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilingan:

    • nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini davlat organlarida, sudlarda, xalqaro, xorijiy, shuningdek, boshqa tashkilotlarda ifoda etish hamda himoya qilish;
    • nodavlat notijorat tashkilotlarini assotsiatsiyaga birlashtirish, ularning faoliyatini yo‘naltirish, rivojlantirish, shuningdek, samaradorligi va sifatini oshirishga ko‘maklashish;
    • nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari, xalqaro va xorijiy tuzilmalar hamda davlat organlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishda ishtirok etish;
    • nodavlat notijorat tashkilotlari tashabbuslarini amalga oshirish uchun ularga qulay huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlar yaratishga ko‘maklashish;
    • mamlakatda demokratik jarayonlarni barqaror rivojlantirish va ilgari surishda a’zolar hamda hamkorlarning sa’y-harakatlarini birlashtirish;
    • nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish hamda sohani tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
    • nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari va xodimlarining tashkilotni samarali boshqarish, moliyaviy barqarorlikka erishish, ijtimoiy muhim loyihalarni ishlab chiqish, ijtimoiy sheriklik va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, volontyorlarni, xayriya va boshqa resurslarni jalb qilish, ijtimoiy menejment, ijtimoiy tadbirkorlik yo‘nalishlarida salohiyatini oshirish;
    • nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari uchun qo‘llanmalar, o‘quv dasturlari, kitoblar, mamlakatga mos nazariy yondashuvlarni ishlab chiqish.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekistonda qurilish-pudrat tashkilotlari assotsiatsiyasi tashkil etildi
    • Davlat xizmatlari agentligi yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha yagona vakolatli organga aylanishi mumkin

    05.03.2021, 01:37   Izoh (0)   33906
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Otabek Umarov Janubiy Koreyada davolanmoqda. U fevral oyida mototsiklda YTHga uchragandi

    05.03.2021, 01:20

    “Markaziy Osiyo Ittifoqini tuzish haqida gapirishga hali erta” — Sodiq Safoyev

    05.03.2021, 01:10

    “Xalqaro hamjamiyatga har qanday qo‘shilish suverenitetni cheklashdir” — Sodiq Safoyev JST va YeOII haqida

    05.03.2021, 00:43

    Abdulla Aripov Belarus bosh vaziri o‘rinbosarini qabul qildi

    04.03.2021, 23:59

    O‘zbekistonda fevral oyida mingdan ziyod egizak tug‘ildi

    04.03.2021, 23:23

    Namanganda 200 dona 100 dollarlik qalbaki kupyurani muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

    04.03.2021, 22:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.