• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Myanma BMTdagi doimiy vakilini Bosh assambleyada davlat to‘ntarishini qoralashga chaqirganidan so‘ng o‘z lavozimidan chetlatdi

    Myanma hukumati BMT Bosh assambleya yig‘ilishida mamlakatda sodir bo‘lgan davlat to‘ntarishini qoralashga chaqirganidan so‘ng tashkilotdagi doimiy vakili U Chjo Mo Tunni lavozimidan chetlatdi, deb xabar bermoqda The New York Times Myanma davlat televideniyesiga tayanib. U xiyonat va o‘z mansabini suiiste’mol qilishda ayblangan.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    U Chjo Mo Tunning chiqishi 26-fevral kuni bo‘lib o‘tgan. Myanmaning BMTdagi doimiy vakili o‘zini 1-fevraldagi harbiy to‘ntarish paytida hokimiyatdan chetlatilgan fuqarolik hukumati vakili ekanligini aytib, dunyo hamjamiyatini qat’iy choralar ko‘rishga chaqirgan.

    Lavozimidan chetlatilishi yuzasidan Reuters’ga bergan izohida, “qo‘ldan kelgancha kurashishni davom ettirishga qaror qilganini” aytgan.

    Myanma davlat OAVlari doimiy vakil “davlat vakili bo‘lmagan norasmiy tashkilot nomidan fikr bildirgani”ni ma’lum qildi. Reuters’ning yozishicha, BMT Myanmaning harbiy hukumatini mamlakat hukumati vakili deb hisoblamaydi, chunki tashkilot vakil o‘zgarganligi haqida rasmiy xabarnoma olmagan. Shu sababli U Chjo Mo Tun Myanmaning BMTdagi doimiy vakili sifatida qoladi.

    Eslatib o‘tamiz, 1-fevral kuni Myanma harbiylari mamlakatda hokimiyatni qo‘lga kiritganini e’lon qildi, hukmron partiya rahbarlari va mamlakat prezidenti hibsga olindi. Qurolli Kuchlar bosh qo‘mondoni Min Aung Xlayn mamlakatning muvaqqat prezidenti etib tayinlandi va mamlakatda bir yil muddatga favqulodda holat joriy etildi.

    Davlat to‘ntarishiga sabab qilib o‘tgan yilgi saylovlardagi soxtaliklar va saylov komissiyasining harakatsizligi ko‘rsatildi. 2020-yil noyabrda bo‘lib o‘tgan saylovlarda “Demokratiya uchun milliy liga” partiyasi hukumat tuzish uchun yetarlicha ovoz to‘plagan, harbiylar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan partiya esa mag‘lub bo‘lgan.

    Mamlakatning yirik shaharlaridagi to‘ntarishlardan so‘ng norozilik namoyishlari boshlandi. Norozilik namoyishlari tufayli internet deyarli to‘liq uzib qo‘yildi. Facebook, Instagram, WhatsApp, Wikipedia bloklandi.

    Mavzuga doir: Facebook Myanma harbiylariga o‘z platformalaridan foydalanishni taqiqladi

    Harbiy hukumat jami bir necha yuz kishini, shu jumladan, hukmron “Demokratiya uchun milliy liga” partiyasi rahbariyati va faollarini qo‘lga oldi. Ular orasida prezident Vin Myin va sobiq mamlakat yetakchisi, tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori, davlat maslahatchisi va tashqi ishlar vaziri Aun San Su Chji ham bor.

    BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish harbiylar harakatlarini “Myanmada amalga oshirilgan demokratik islohotlarga jiddiy zarar yetkazish” deya qoraladi. Shuningdek, AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Myanma davlat rahbarlarining hibsga olinishidan xavotir bildirdi va harbiylarni hibsga olingan siyosatchilarni ozod qilishga chaqirdi.

    Harbiylar, shuningdek, o‘tgan yilgi saylov natijalarini qayta tekshirish uchun saylov komissiyasini isloh qilishga va yangi saylovlardan so‘ng hokimiyatni saylangan partiyaga topshirishga va’da berdi.

    Mavzuga doir:

    • Myanmada harbiy hukumat o‘ziga yangi vakolatlar taqdim etdi. Mamlakatda norozilik namoyishlari davom etmoqda
    • Myanmada harbiylar 23 mingdan ortiq mahbusni afv etdi
    • AQSh Myanmadagi to‘ntarish tufayli unga qarshi sanksiyalarni qaytadan kiritishi mumkin

    01.03.2021, 07:48   Izoh (0)   7773
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tailand kurort provinsiyalarida koronavirus cheklovlarini bekor qilishni boshladi

    28.02.2021, 23:37

    Qora dengizda NATO harbiy mashg‘ulotlari boshlandi, Bolgariya manyovrlarda qatnashishdan bosh tortdi

    28.02.2021, 20:13

    AQShda Johnson & Johnson vaksinasi ma’qullandi, Britaniyada ham tez orada undan foydalanishga ruxsat berilishi kutilmoqda

    28.02.2021, 19:33

    Rossiya iqlimni monitoring qiluvchi sun’iy yo‘ldoshni koinotga uchirdi (video)

    28.02.2021, 16:16

    Armaniston prezidenti bosh vazir Pashinyan talabi bilan Bosh shtab rahbarini ishdan bo‘shatishga rozi bo‘lmadi. Pashinyan arznomani qaytadan kiritdi va barchani mi...

    28.02.2021, 15:36

    WSJ: AQSh Arktikada Rossiyaga qarshi kurashish uchun sun’iy yo‘ldoshlarni yangilamoqchi

    28.02.2021, 14:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.