Myanmada davlat to‘ntarishidan keyin harbiylar Qurolli Kuchlar bosh qo‘mondoni, katta general Min Aung Xlaynuni vaqtinchalik prezident etib tayinladi, deb yozadi “RBK”.

Min Aung Xlaynu.

Foto: AP Photo

Sobiq general U Myint Sve esa Demokratiya uchun milliy liga rahbarligidagi hukumatda Qurolli Kuchlarga vakillik qilish uchun harbiylar tomonidan vitse-prezident deb e’lon qilindi.

“Mamlakat qonunchilik, ma’muriy va sud vakolatlari 2008-yilgi Konstitutsiyaning 418-moddasiga muvofiq Qurolli Kuchlar bosh qo‘mondoniga o‘tkaziladi, saylovdagi qonun buzilishlariga qarshi choralar ko‘rilmagunicha, mamlakat harbiylar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi”, — deyiladi bayonotda.

Avvalroq harbiylar Myanma davlat maslahatchisi Aun San Su Chjini, prezident Vin Myinni va boshqa yuqori mansabli amaldorlarni qo‘lga olgani xabar berilgan edi. Myanma harbiy televideniyesi mamlakatda bir yil muddatga favqulodda holat e’lon qilingani haqida xabar berdi.

Harbiylar mansabdorlarning qo‘lga olinishini 2020-yil 8-noyabrda bo‘lib o‘tgan saylovlardagi qalbakilashtirishlarga javob deb atadi.