• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekneftgaz”: Qashqadaryodagi maxsus shtabda geologiya qidiruv ishlari muhokamasiga doir sayyor yig‘ilish o‘tkazildi 

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 12—13-noyabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida uglevodorod xomashyo zaxiralarini oshirish, tabiiy gaz qazib chiqarish hajmini ko‘paytirish bo‘yicha bergan topshiriqlarining ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

    Qilingan har bir ish va rejalashtirilgan vazifalarni joyida o‘rganish maqsadida, “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida Qashqadaryo viloyatida tashkil qilingan maxsus shtabda sayyor yig‘ilish o‘tkazildi.

    Muhokamalar asosida o‘tkazilgan uchrashuvda uglevodorod xomashyo zaxiralarini oshirish bo‘yicha mas’ul bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Nodir Muhutdinov, Neft va gaz ilmiy-tadqiqot, loyihalash instituti rahbari Ulug‘bek Nazarov, “O‘zbekgeofizika” AJ rahbari Anvar Toshqulov, Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti rahbari Ravshanjon Yusupjonovlar ishtirok etishdi.

    O‘rganish davomida, joriy yil boshidan buyon bajarilgan geologiya qidiruv ishlarining bugungi holati, 2020-yilda uglevodorod zaxiralarini ko‘paytirish ishlarining natijalari, bu borada 2021-yilda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida olib borilayotgan ishlar, shuningdek, geologiya qidiruv ishlarini samarali tashkil etish va jadallashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

    Shuningdek, 2020-yilda geologiya qidiruv ishlarini olib borish va rivojlantirish ishlariga “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan o‘z vaqtida yetarli miqdordagi moliyaviy mablag‘larning yo‘naltirilishi natijasida 750 kvadrat kilometr 3D seysmik qidiruv ishlarining bajarilganligi, 6 ta yangi maydonlarning burg‘ilash ishlariga kirishilganligi, 76 ming pogon metrdan ortiq burg‘ilash ishlari amalga oshirilganligi, 33 ta quduqlar qurilish bilan tugatilganligi va buning natijasida 1 ta “O‘rtaqum” yangi koni ochilib, yana 2 ta “O‘rtabuloq” maydonining terrigen Yura yotqiziqlarida hamda “Janubiy Aqqum” maydonida yangi tabiiy gaz zaxiralari aniqlanganligi va yakunda 20,1 milliard kub metr tabiiy gaz hamda 1,0 million tonna suyuq uglevodorod zaxiralari o‘stirilganligi qayd etib o‘tildi.

    “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan quduqlarni burg‘ilashni o‘z vaqtida tashkil qilish maqsadida zarur material texnik resurslarni sotib olish uchun 65 million dollarlik shartnomalar tuzilib, jihozlarni yetkazib berish ishlari boshlandi.

    Bu borada qilingan ishlar, belgilangan vazifalar borasida “O‘zbekneftgaz” AJ Geologiya departamenti rahbari Gulmurod Mavlonov o‘z hisobotini taqdim qildi.

    2021-yilda yangi konlarni ochish va zaxiralarni ko‘paytirish maqsadida “Sho‘rtan” va “Uchqir” konlari hamda ularning atrofidagi hududlarda 1370 kvadrat kilometr  3D seysmik qidiruv ishlarini bajarish, jamiyat balansidagi 4 ta hamda Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan taklif etilgan 15 ta, jami 19 ta yangi maydonlarda 170 ming pogon metr hajmda izlov qidiruv burg‘ilash ishlarini olib borish, 50 ta izlov qidiruv quduqlarini qurilish bilan tugatish mo‘ljallangan.

    Bunda va burg‘ilash jarayonlarini uzluksiz tashkil etish, tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda bajarilayotgan ishlarni har bir hudud kesimida, alohida o‘rganish natijasida yil yakuniga qadar 35 milliard kub metr tabiiy gaz va 900 ming tonna suyuq uglevodorod zaxiralarini ko‘paytirish belgilab olingan.

    “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi tomonidan geologiya qidiruv ishlarining natijadorligi maydonlardagi burg‘ilash dastgohlarining yetarli darajada moddiy texnik resurslar bilan ta’minlanganligiga bog‘liq ekanligi ta’kidlanib, bu borada yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ishlab chiqilgan tadbirlar muhokama qilindi. Tegishli rahbar va mas’ul mutaxassislarga zarur ko‘rsatmalar berildi.

    “O‘zneftgazburg‘ilash ishlari” korxonasi rahbari Ulfat Amonovga bu borada mavjud kamchiliklarni hal qilish maqsadida kerakli topshiriqlar berildi.

    “O‘zbekneftgaz” AJ burg‘ilash ishlarini muvofiqlashtirish departementi Elyor Mamatovga burg‘ilash ishlarini tez va sifatli bajarish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Geologiya qidiruv ishlari doirasidagi burg‘ilash va boshqa zarur ishlarni bajarishga 10 ga yaqin burg‘ilash, geofizika va ilmiy-tadqiqot ishlariga ixtisoslashgan korxonalar pudratchi sifatida jalb etilgan.

    O‘rganishlar davomida geologiya qidiruv ishlarini jadallashtirish borasida Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik masalalari muhokama etildi.

    Shuningdek, “O‘zbekgeofizika” AJ va Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti davlat korxonalari tomonidan buyurtma asosida bajarilayotgan ishlar va tadqiqotlarning samaradorligi masalalari ham tahlil qilindi.

    “O‘zbekgeofizika” AJ va Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti tomonidan “O‘zbekneftgaz” AJ mablag‘lari hisobiga bajarilayotgan ishlarga zamonaviy geofizik uskunalar va eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda neft va gaz sohasida keng ko‘lamli qidiruv ishlarini amalga oshirish kerakligi ta’kidlandi.

    Bu borada “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan geologiya qidiruv ishlari dasturi doirasida 40 dan ortiq shartnomalar moliyalashtirilayotganligi ushbu ishlarni bajarish uchun mustahkam zamin yaratishi alohida ta’kidlandi.

    O‘z navbatida, dasturiy komplekslarni qo‘llash orqali ularni zamonaviy talablarga mos holda amalga oshirishni boshlash zarurligi qayd etildi.

    So‘nggi yillarda yangi konlarini ochishni ilmiy asoslash va geologiya qidiruv ishlarining yangi yo‘nalishlarini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar yetarli darajada puxta bajarilmayotganligi va bu ishlarga yangicha yondashish zarurligi, zaxiralarni hisoblash ishlaridagi bir qator kamchiliklarni bartaraf etish lozimligi, izlov burg‘ilash ishlarini loyihalashtirish ishlarini zamonaviy darajada qayta tashkil etish talab etayotganligi, shuningdek 3D seysmik qidiruv ishlarini bajarishni yangi bosqichga ko‘tarish talab etilayotganligi ta’kidlandi.

    Boshqaruv raisi tomonidan “O‘zbekneftgaz” AJ Konlarni ishlatish departementi rahbari Sirojiddin Mallayev va Sho‘rtan, Ustyurt, Gazli, Vodiy, Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari bosh geologlariga geologiya qidiruv ishlari natijasida ochilgan yangi konlar va mahsulot olingan quduqlarni qisqa muddatlarda ishlab chiqarishga jalb qilish, bu orqali tabiiy gaz qazib chiqarishni ko‘paytirish, joylarda olib borilayotgan ishlarning natijadorligiga erishish, ishlarni jadallashtirish borasida tegishli ko‘rsatmalar berildi.

    Joylardagi ishchi xodimlar va mutaxasislarning samarali ishlashi va dam olishi uchun yaratilgan sharoitlar ham ko‘zdan kechirilib, ularning salomatligi eng muhim masalalardan biri ekanligi ta’kidlandi.

    Tashkilotlar rahbarlari va mas’ul xodimlarga ishlab chiqarish jarayonlarini barcha zarur anjomlar bilan ta’minlash hamda sanoat va texnika xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qilish ustidan nazoratni kuchaytirish vazifasi topshirildi.

    “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan geologiya qidiruv ishlarini jadallashtirish, zaxiralarni o‘stirish va uglevodorod xomashyosi qazib olishni qo‘paytirish borasidagi amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

    Neft va gazni qazib chiqarish va qayta ishlashga innovatsion texnologiyalarni joriy qilishda, loyihalashtirish va ilmiy kuzatuvga e’tibor berilib, ayni shu orqali neft va gaz konlarini ochish, samaradorligini orttirish, uglevodorod xomashyosi zaxirasini ko‘paytirish rejalashtirilgan.

    “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati

    27.02.2021, 16:30   Izoh (0)   10409
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda kursdoshining ukasi bilan sodir bo‘lgan janjaldan so‘ng, komaga tushgan San’at instituti talabasi o‘ziga keldi

    27.02.2021, 16:03

    O‘zbekistonda nikohga kirish jarayonini murakkablashtirish taklif etildi

    27.02.2021, 15:10

    Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov senator bo‘ldi

    27.02.2021, 14:10

    Toshkent viloyatida itlar so‘yib sotilayotgani to‘g‘risidagi xabar o‘z tasdig‘ini topmadi

    27.02.2021, 13:32

    O‘zbekistonning davlat tashqi qarzi bir yilda 5,4 mlrd dollarga oshdi

    27.02.2021, 13:13

    Toshkentda sevgan qiziga narsa olib berish uchun telefon o‘g‘irlagan yigit ushlandi (video)

    27.02.2021, 12:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kolumbiyada ko‘chki sabab halok bo‘lganlar soni 22 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 28 iyun, 23:10

    Iyul oyining ilk kunlarida havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 22:45

    Superliga. “Qizilqum” so‘nggi daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

    Sport | 28 iyun, 22:41

    Ukraina: Odessada qurbonlar soni 14 nafarga yetdi

    Dunyo | 28 iyun, 22:20

    Italiyaning ko‘plab shaharlarida jazirama sabab “qizil” ogohlantirish e’lon qilindi

    Dunyo | 28 iyun, 21:55

    30 dan ortiq dron urib tushirildi — Rossiya Mudofaa vazirligi

    Dunyo | 28 iyun, 21:25

    “Istanbul Rossiya va Ukraina tinchlik muzokaralarining uchinchi raundini o‘tkazishga tayyor” — Turkiya

    Dunyo | 28 iyun, 21:05

    Superliga. “Navbahor” Namanganda “Mashʼal”ga javobsiz oltita gol urdi

    Sport | 28 iyun, 21:04
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.