• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    Qon bosimi nima? U haqda bilish kerak bo‘lgan asosiy faktlar

    Qon bosimi nima? U haqda nimalarni bilish kerak? Uni me’yorda ushlash uchun nimalarga amal qilish kerak. “Daryo” ushbu mavzuda qiziqarli ma’lumotlarni keltiradi.

    Qon bosimi — tomirlarda oqayotgan qonning shu tomirlar devoriga ko‘rsatadigan bosimi (tazyiqi). U yurak ishi va tomirlar devorining qarshiligi tufayli vujudga keladi. Arteriyalar ichida arterial, kapillyarlar ichida kapillyar va venalar ichida venoz bosim bo‘ladi. Qon bosimi qonning tomirlar sistemasi bo‘ylab oqishiga imkon beradi va shu bilan organizm to‘qimalarida moddalar almashinuvini ta’minlaydi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Arterial bosimning (AB) yuqori yoki past bo‘lishi, asosan, yurak qisqarishlarining kuchi va yurakning har qisqarganda tomirlarga haydaydigan qon miqdori, tomirlar (ayniqsa, periferik tomirlar) devorining qon oqimiga ko‘rsatadigan qarshiligi va kamroq darajada vaqt birligida yurak qisqarishlarining soni bilan belgilanadi. Aylanib yuradigan (sirkulyatsiya qiladigan) qon miqdori, uning yopishqoqligi, bosimining nafas olishga bog‘liq bo‘lgan qorin va ko‘krak qafasi bo‘shlig‘idagi o‘zgarishlari va boshqa omillar ham AB ning yuqori yoki past bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadi. Yurakning chap qorinchasi qisqarganda (sistola) AB maksimal darajaga yetadi.

    Bu jarayonda yurakdan 70 ml qon otib chiqariladi va bu qon birdaniga mayda qon tomirlari (ayniqsa, kapillyarlar) orqali o‘tib ketolmaydi. Shuning uchun, elastik aorta kengayadi, undagi bosim (sistolik bosim) esa ortadi. Arteriya, vena va kapillyarlarda qon bosimi turlicha bo‘ladi. Yurakdan uzoqlashgan sari qon bosimi pasayib boradi (aortada ancha yuqori, kapillyarlarda birmuncha past, venalarda ancha past bo‘ladi). Katta odamda normal arterial bosim 100-140 mm simob ustuniga (sistolik bosimga) va 70-80 mm simob ustuniga (diastolik bosimga) teng bo‘ladi. Bu bosimlar farqi puls bosimi deyiladi.

    Organizmdagi biror-bir illat tufayli qon bosimi ushbu ko‘rsatkichdan ko‘tarilishi yoki pasayishi mumkin. Yurak qorinchalarining qisqarishlari orasidagi pauza (ya’ni diastola) vaqtida kengaygan qon tomirlari (aorta va yirik arteriyalar)ning devori qisqara boshlaydi va qonni kapillyarlarga haydaydi. Qon bosimi asta-sekin pasayadi va diastola oxirida minimal darajaga tushadi (aortada 90 mm simob ustuni, yirik arteriyalarda 70 mm simob ustuni atrofida bo‘ladi).

    Gipertoniya kelib chiqishining sabablari

    Kasallikning rivojlanish sababi uzoq vaqt davomida stress va tushkunlik holatida yurish, tez-tez psixologik zo‘riqishlardir. Ko‘pincha bularni doimiy emotsional taranglikni talab etadigan ish faoliyati keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, miya chayqalishiga uchragan bemorlarda ham kasallik rivojlanishi xavfi yuqori bo‘ladi. Irsiy moyillik ham sabablar qatorida: agar kishining avlodida bu kasallik uchragan bo‘lsa, unda ham ushbu kasallik rivojlanishi xavfi bir necha barobarga ortadi.

    Kasallik rivojlanishiga ta’sir o‘tkazuvchi omillardan asosiysi kamharakat turmush tarzidir. Yosh o‘tib borgani sari insonlarda ateroskleroz rivojlanishi mumkin, bu o‘zgarish fonida qon bosimining oshishi esa vaziyatni yanada jiddiylashtirib yuboradi. Bu hayot uchun o‘ta xavfli hisoblanadi, chunki toraygan qon tomirlar orqali miya, yurak, buyraklarning bir qismiga qonning bormay qolishi yoki yetarlicha bormasligi kuzatiladi. Agar qon tomir devorlarida tromb va xolesterin to‘planmalari bo‘lsa, ular kuchli bosim vaqtida ajralib, kapillyar qon tomirlarda tiqilib, qon o‘tishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Bu holda miokard infarkti yoki insult yuzaga keladi.

    Qon bosimi baland bo‘lishining oldini olish uchun, avvalo, uning sababini sinchiklab tekshirib ko‘rish lozim. Mabodo bosim tashqi muhit salbiy ta’sirlari sababli ko‘tarilayotgan bo‘lsa, bemor tinchlanish choralarini ko‘rishi, salbiy omilni bartaraf etishga harakat qilishi kerak.

    Taomnomaga servitamin, minerallarga boy bo‘lgan va kasallikka qarshi kurashishga yordam beruvchi mahsulotlardan ko‘proq kiritish darkor. Ularga:

    • Sabzavotlar;
    • Mevalar;
    • Rezavorlar;
    • Ko‘katlar;
    • Sut mahsulotlari;
    • Parhezbop go‘sht;
    • Loviya;
    • Guruch, grechka kabilar kiradi.
    Tandirdan uzilgan yangi non o‘rniga bir-ikki kun turgan nonni iste’mol qilish foydali. Qon bosimi yuqori yuradigan bemorlarga osh tuzi iste’molini kamaytirish tavsiya etiladi.

    Ertalab o‘rningizdan turgandan keyin oshqozon-ichak, jigar va buyraklar uchun foydali bo‘lgan ne’matlardan iste’mol qiling. Nahorda bir piyola qaynatilgan iliq suv ichish organizmni zaharli moddalardan tozalaydi. Ertalab kuzatiladigan behuzurlik holatidan, keksalarga aziyat beruvchi qabziyatdan saqlaydi.

    Nonushtada qatiq yoki tvorog, choy o‘rniga o‘rikli damlama, mevalar, tushlikka esa lavlagidan tayyorlangan salat, ko‘proq dimlab, bug‘da pishirilgan taomlar iste’mol qilish buyuriladi. Nonni kamroq yeyish lozim. Ovqatga kamroq tuz solish, qovurilgan, ziravorli, qo‘y go‘shti solingan ovqatlardan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Haftasiga 1-2 marta baliq, tovuq go‘shtidan tayyorlangan taomlar iste’mol qilish lozim.

    Bobur Subhonov tayyorladi.

    26.02.2021, 23:57   Izoh (0)   62206
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yosh bolalarda kuzatiladigan tumovni uy sharoitida davolash choralari

    26.02.2021, 19:44

    Smartfonlardan tarqaladigan nur teriga zarar yetkazishi haqiqatmi yoki yolg‘on?

    26.02.2021, 08:54

    Tishlar salomatligi uchun zararli va foydali mahsulotlar

    25.02.2021, 16:34

    Moychechakli damlama — go‘zal va sog‘lom teri uchun samarali vosita

    25.02.2021, 15:56

    Qorin og‘rig‘iga befarq bo‘lmaslik uchun 7 sabab

    25.02.2021, 12:58

    Uyqusiz tundan keyin tetiklashishga yordam beradigan 7 tavsiya

    25.02.2021, 08:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniya kontrrazvedkasining birinchi ayol direktori Stella Rimington vafot etdi

    Dunyo | 5 avgust, 19:20

    Qirg‘izistondagi zilzila O‘zbekistonning beshta hududida sezildi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 19:19

    Lazizbek Mullajonovning Olimpiya medali bekor qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi

    Sport | 5 avgust, 19:15

    Toshkentda velosiped o‘g‘risi 5 yildan ko‘proq muddatga qamaldi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 19:05

    Samarqand viloyati hokimining to‘rt o‘rinbosari o‘zgardi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 18:51

    Endokrinolog marmelad shaklidagi vitaminlar xavfi haqida ogohlantirdi

    Farzand | 5 avgust, 18:45

    Hindistonda kuchli sel qishloqni yuvib ketdi (video)

    Dunyo | 5 avgust, 18:35

    “O‘zbekiston—Turkmaniston—Ozarbayjon” formatida uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 18:24
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.