• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    Smartfonlardan tarqaladigan nur teriga zarar yetkazishi haqiqatmi yoki yolg‘on?

    Smartfonlardan tarqaladigan ko‘k nurning teriga zararli ta’siri haqidagi bahslar 2005-yilda — birinchi iPhone chiqarilishidan ikki yil oldin boshlangan. O‘shandan beri ushbu qisqa, ammo kuchli yorug‘lik to‘lqinlari (high-energy visible — HEV) organizm bioritmiga ta’sir qilishi, teri hujayralarini o‘ldirishi va qarish jarayonini tezlashtirishi haqida dalillar paydo bo‘la boshladi. Boshqacha qilib aytganda, gadjetlar hayotimizning ajralmas qismiga aylanganda ularning zararliligi haqida shubhalar paydo bo‘la boshladi: ehtimol bu “qo‘rqitishlar” go‘zallik kompaniyalari tomonidan uyushtirilayotgandir? Axir quyoshda ham ko‘k nurlar bor, lekin undan himoyalanishning hojati yo‘q-ku.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Quyoshda haqiqatan ham HEV nurlar bor va ular teriga ziyon yetkazish borasida ultrabinafsha nurlardan qolishmaydi, — deydi Uriage dermatologik laboratoriyasi mutaxassisi Oksana Larionova. — Biroq biz ko‘k nurlarning asosiy qismini smartfon, televizor va kompyuter ekranlari orqali olamiz – bu quyosh nuridan 40 foizga ko‘proq demakdir. Ko‘k nur ultrabinafsha nurlanishidan farqli o‘laroq, kuyish yoki qizarishni keltirib chiqarmaydi, ammo sezdirmasdan zarar yetkazadi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, hamma ham uning xavfli bo‘lishi mumkinligiga ishonmaydi”.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    2019-yilda Oregon universiteti olimlari pashshalar ustida tajriba o‘tkazdi: birinchi guruhdagi pashshalar ko‘k nur ostida 12 soat, ikkinchi guruhdagilari esa tabiiy yorug‘lik ostida qoldirildi. Natijada birinchi guruhdagi pashshalarning harakatlanish funksiyasini buzilib, miya neyronlari va ko‘z to‘r pardasiga jiddiy zarar yetgan. “Muammo shundaki, ko‘k nur melatonin ishlab chiqarishni sekinlashtiradi, — deb qo‘shimcha qiladi Aging Control klinikasining kosmetologi Taisiya Petrova. — Oqibatda uyqu yetishmasligi sabab yoshga bog‘liq o‘zgarishlar sodir bo‘ladi”.

    Apple 2016-yilda ko‘k nur ta’sirini minimallashtirish uchun smartfonlarida “tungi rejim” funksiyasini taqdim etdi. Shuningdek, endi smartfon sozlamalari yordamida ekranni qizil rangda qilish mumkin. Bunday rangdagi yorug‘lik qorong‘ida noqulaylik tug‘dirmaydi, ko‘z to‘r pardasiga deyarli ta’sir qilmaydi, ammo har qanday rang ham uxlashga xalaqit beradi. Shu sababli shifokorlar uxlashdan ikki-uch soat oldin telefonni o‘chirib qo‘yishni maslahat beradi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ajinlar va pigment dog‘lar

    2016-yilda Merz Aesthetics kompaniyasi smartfonlardan faol foydalanadigan odamlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi. ERSTA akademiyasi kosmetologi Lyusin Aleksanyanning ta’kidlashicha, ko‘k nur tufayli terida erkin radikallar hosil bo‘lib, ular hujayralar tuzilishini buzadi va erta qarishni keltirib chiqaradi. Ekranning yorqinligi ko‘zni charchatadi — mimik ajinlar hosil bo‘lganligi sababli ko‘pchilik yuz mushaklarining mikrotarangligini sezmay ham qoladi.

    Ammo shifokorlar pigment dog‘lar smartfon tufayli paydo bo‘lishi mumkinligiga amin emas. Telefondan ajralmaydigan odamlarning ko‘zi ostida qora halqalar paydo bo‘lishi esa allaqachon o‘z isbotini topgan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Texnobo‘yin (Tech—texno, neck—bo‘yin)

    Inson boshining og‘irligi taxminan 4,5 kilogramm. Agar boshni smartfon yoki noutbuk ekrani ustiga qiyshaytirsak, bo‘yinga tushadigan og‘irlik 27 kilogrammgacha oshadi. “Texnobo‘yin birinchi navbatda bo‘yin zonasida yuzga keladigan og‘riq va ko‘ndalang ajinlar bilan namoyon bo‘ladi, — deydi LazerJazz klinikasi kosmetologi Yulianna Kulturbayeva. — Bu muammo noqulay ahvolda kitob o‘qishni yaxshi ko‘radiganlarga tanish holat”.

    Texnobo‘yin paydo bo‘lishining oldini olish uchun kollagen ishlab chiqarishni kuchaytiradigan muolajalar (inyeksiya, termaj)dan, ajinlarni ketkazishda esa gialuron kislotasiga boy bo‘lgan moddalardan foydalanish mumkin. Bo‘yin og‘rig‘idan massaj hamda smartfonni ko‘z balandligi darajasida ushlab turishga odatlanish orqali xalos bo‘lish mumkin.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Allergiya va toshmalar

    Smartfon yuzasida hojatxonaga qaraganda 7-10 baravar ko‘p bakteriyalar borligi, afsuski, haqiqat. Ko‘pincha kosmetologlar yuz terisining holatidan kelib chiqib, bemor telefonni qaysi qo‘lida ko‘proq ushlab turishini aniqlaydi.

    “Nopok yuzaning teriga tegishi yallig‘lanishni qo‘zg‘atadi, — deydi Le Colon kosmetologi Irina Maksimova. — Bu muammo shunchalik keng tarqalganki, u allaqachon o‘z nomiga ega: phacne (phone—telefon + acne—toshma). Yallig‘lanishning oldini olish uchun telefoningizni muntazam ravishda tarkibida spirt bo‘lgan vositalar bilan arting yoki naushniklardan foydalaning”.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Unchalik keng tarqalmagan bo‘lsa ham, ammo dermatologlarni tashvishlantiradigan narsa smartfonning teriga tegishi natijasida yuzaga keladigan muammo — allergiyadir. Ko‘pincha teridagi bunday reaksiya telefon korpusidagi nikel moddasi tufayli sodir bo‘ladi, bu esa shish, qizarish, qichishish, toshma paydo bo‘lishiga olib keladi. Hozirda smartfon ishlab chiqaruvchilar ushbu metalldan kamroq foydalanishga, telefon korpusini plastikdan yasashga harakat qilmoqda.

    Mikrobioma o‘zgarishi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    2017-yilda smartfondan nurlanish teridagi foydali bakteriyalarning ko‘payishini tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi mumkinligini aniqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazildi. Sezilarli o‘zgarishlar smartfonni kamdan kam ishlatadiganlar terisida aniqlandi. Ammo doimo qo‘lidan telefon tushmaydiganlarning mikrobiomasi barqaror edi. Olimlarning ta’kidlashicha, so‘nggi paytlarda bakteriyalar rivojlanib, doimiy nurlanishga moslashgan bo‘lishi mumkin.

    “Ko‘k nur tarqalishi uyquga xalaqit beradi va bu stress darajasini sezilarli darajada oshiradi. Stress, o‘z navbatida, teri mikrobiomasiga salbiy ta’sir qiladi. Ushbu himoya qatlamining yaxlitligini tiklash uchun probiotikalar, lipidlar, antioksidantlarga boy o‘simlik ekstraktlari va vitaminlarni qabul qilish lozim. Sog‘lom va kuchli mikrobioma elektromagnit nurlanish yoki ko‘k nurdan o‘zini himoya qila oladi”, — deydi Lancôme mutaxassisi Valeriya Xoxlova.

    Mavzuga doir:

    • Inson salomatligiga zarar yetkazuvchi smartfonlar ekrani to‘g‘risida ma’lumot berildi
    • Uyqudan oldin gadjetlardan foydalanishning zarari ma’lum qilindi
    • Farzandingiz dasturxon atrofida telefon o‘ynamasligi uchun nima qilish kerak?

    26.02.2021, 08:54   Izoh (0)   17248
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tishlar salomatligi uchun zararli va foydali mahsulotlar

    25.02.2021, 16:34

    Moychechakli damlama — go‘zal va sog‘lom teri uchun samarali vosita

    25.02.2021, 15:56

    Qorin og‘rig‘iga befarq bo‘lmaslik uchun 7 sabab

    25.02.2021, 12:58

    Uyqusiz tundan keyin tetiklashishga yordam beradigan 7 tavsiya

    25.02.2021, 08:54

    Uxlashdan avval nima qilib bo‘lmaydi?

    24.02.2021, 21:58

    Mutaxassislar saratonning kutilmagan simptomlari haqida ma’lumot berdi

    24.02.2021, 18:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH davlat departamenti islohot vaji bilan 1 350 dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatadi — CNN

    Dunyo | 13 iyul, 11:25

    “Mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov OTMga kirishdagi korrupsiya haqida

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:54

    Rossiya mamlakatning uchinchi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchisini milliylashtirdi

    Dunyo | 13 iyul, 10:38

    Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini Gentra’da qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:14

    O‘zbekistonning olis va chekka hududlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv markazi ochadigan yoshlarga foizsiz qarz beriladi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 09:32

    Salomatlik haqidagi zamonaviy tibbiyot allaqachon inkor qilgan yanglish fikrlar

    Salomatlik | 13 iyul, 08:39

    Putin Eronni yashirincha uranni boyitishdan voz kechishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 08:25

    O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni keskin o‘sdi

    Iqtisodiyot | 13 iyul, 08:00

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.