“Roma” Yevropa Ligasi 1/16 final javob bahslari doirasida 25-fevral kuni “Braga”ni mag‘lubiyatga uchratdi (3:1).
Uchrashuvning 23-daqiqasida Edin Jeko hisobni ochdi. Bu Jeko uchun rimliklar safida Yevrokuboklarda (saralash bosqichini inobatga olinmaganda) urilgan 29-gol bo‘ldi.
Shu tariqa Jeko “Roma” safida Yevrokuboklarda gol urish bo‘yicha Franchesko Tottining rekordini (28 ta gol) yangiladi.
Bosniyalik futbolchi A Seriya 2020/21-yilgi mavsumida 18 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol va bitta golli uzatma muallifiga aylandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)