“Liverpul” yarim himoyachisi Jordan Hendersonning “Everton”ga qarshi o‘yinda (0:2) olgan jarohati qay darajada jiddiy ekani ma’lum bo‘ldi.
Mersisaydliklar sardori kamida 4—6 hafta maydonga tusha olmaydi, deya xabar qilmoqda The Athletic. 30 yoshli futbolchini tiklanishiga qancha vaqt ketishi haqidagi aniq ma’lumotlar yaqin kunlar ichida ayon bo‘ladi.
Shu tariqa Henderson jamoasining kamida beshta o‘yinini o‘tkazib yuboradi.
Eslatib o‘tamiz, Jordan “Liverpul”ning markaziy himoyadagi yo‘qotishlari sabab ortki chiziqda o‘ynayotgandi. Shu tariqa Yurgen Klopp yana bir muammo qarshisida qoldi.
Mavzuga doir: Fakt: 2020/21-yilgi mavsumda “Liverpul” markaziy himoyasida 18 xil juftlik harakat qildi
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda jarohat sabab Virjil van Deyk, Fabinyo, Jo Gomez, Aleks Oksleyd-Chemberlen, Diogu Jota kabi futbolchilar “Liverpul”ga yordam berolmayapti.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)