• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “20 ta yangi ish o‘rni yaratish uchun 8 sotix yer ololmay sarsonman”. Shahrisabzda o‘z mablag‘i evaziga ishsizlarga imkoniyat yaratmoqchi bo‘lgan tadbirkor 3 oydan buyon sarson bo‘lmoqda

    Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida faoliyat yurituvchi tadbirkor o‘z mablag‘i hisobidan maishiy xizmat uyi barpo etib, 20 ta yangi ish o‘rni yaratishni niyat qilgan. Biroq mazkur obyektni qurish uchun 8 sotix yer ololmay, sarson bo‘lmoqda.

    Umida Kurayeva.

    Umida Kurayeva.
    Foto: “Daryo”

    Bu haqda “Daryo”ga shikoyat qilgan tadbirkor Umida Kurayevaning aytishicha, tadbirkorda avvalroq yer ham bo‘lgan.

    “Biroq, biz qurilishni boshlamoqchi bo‘lgan Shahrisabz shahridagi ‘Teparlik’ mahallasidagi 8 sotix yerga ijtimoiy ahvoli og‘ir fuqaro issiqxona qurmoqchi bo‘lib, davlatdan kredit olgan ekan. Bu ishlarni boshlab qo‘ygan shaharning sobiq hokimi To‘lqin Karimov muammoni yechish uchun bizning yerdan voz kechishimizni va evaziga o‘zimiz xohlagan joydan 8 sotix yer ajratib berishini aytdi. Hokimning gapiga ishonib, uning aytganini qildim. Va boshqa manzildan yer tanladim”, — deydi tadbirkor Umida Kurayeva.

    Tadbirkorning ijtimoiy ahvoli og‘ir fuqaroga berilgan va issiqxona qurilgan yeri.

    Tadbirkorning ijtimoiy ahvoli og‘ir fuqaroga berilgan va issiqxona qurilgan yeri.
    Foto: “Daryo”

    Umida Kurayevaning aytishicha, shaharning sobiq hokimi To‘lqin Karimov unga boshqa joydan yer va’da qilib, hujjatli yeridan voz kechdirgach u uchun ko‘rsatilgan yerni hujjatlashtirishni paysalga sola boshlagan.

    Tadbirkorga va’da qilingan, ammo hujjatlashtirish ishlari paysalga solingan yer.

    Tadbirkorga va’da qilingan, ammo hujjatlashtirish ishlari paysalga solingan yer.
    Foto: “Daryo”

    “Hokim va’da qilgan yerdan 8 sotix yer ajratib olib, barcha hujjatlashtirish ishlarini tugatdik. Faqat hokim imzosi qoldi. Hokim ‘bugun imzo chekaman, erta imzo chekaman’, deb boshqa ishga o‘tib ketdi. Oqibatda biz yersiz, ish boshlolmay qoldik. Shaharda yangi hokim ish boshlagach hokim Akrom Sulaymonov qabulida bo‘lib, 20 ta yangi ish o‘rni yaratmoqchiligimni, sobiq hokim gapiga ishonib, avvalgi yerimdan ajralib qolganimni, yangi yerni hujjatlashtirish ishlari esa yakunlanmagani sabab qurilish boshlolmayotganimni bildirdim va yordam so‘radim”, — deydi tadbirkor.

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri tadbirkor muammosi bilan 2020-yil dekabr oyi boshida hokim qabulida bo‘lganida Akrom Sulaymonov lavozimga yangi tayinlanganini, hali masaladan bexabarligini aytib, muammoni o‘rganish uchun vaqt so‘ragandi. Va muammodan bexabarligi sabab OAVga intervyu berishdan bosh tortgandi.

    Foto: “Daryo”

    “Ish boshlaganimga endigina bir hafta bo‘ldi. Muammo bilan tanishib chiqib, tadbirkor muammosini yechamiz”, — degandi hokim muxbir bilan suhbatda.

    Murojaatchi tadbirkorning aytishicha, yangi hokim va’dasi ham o‘sha payt aytilgan va o‘sha joyda qolib ketgan.

    “Hokim muammoni o‘rganishini va ijobiy hal etishini va’da bergan bo‘lsa-da, o‘rganmadi. Hatto biror marta yoniga chaqirib, muammongiz nima bo‘ldi? Yangi ish o‘rni yaratmoqchi ekansiz, qanday yordamimiz kerak, deb so‘ramadi ham”, — deydi tadbirkor Umida Kurayeva.

    Foto: “Daryo”

    Shahrisabz shahar hokimligi yuristi Maqsud Ismatovning ma’lum qilishicha, tadbirkor Umida Kurayevaning qarindoshi Axtam To‘rayevga 2018-yil 25-iyun kuni aholiga savdo va xizmat ko‘rsatish binosini qurish uchun 910 kvadrat\metr yer maydoni ajratib berilgan.

    Maqsud Ismatov.

    Maqsud Ismatov.
    Foto: “Daryo”

    “Aynan shu yerni sobiq hokim To‘lqin Karimov ijtimoiy og‘ir ahvoldagi fuqaroga bergan va uning issiqxona qurishi uchun ruxsat qilgan. Vaholanki, bu ish noqonuniy. Ammo o‘sha fuqaro ahovolini ham tushunishga harakat qilyapmiz. Biz undan yerni tortib olsak, davlatdan olgan krediti va qurgan issiqxonasini buzishga to‘g‘ri keladi. Bu esa fuqaroga zarar”, — deydi tadbirkor Umida Kurayeva.

    Tadbirkorga va’da qilingan, ammo hujjatlashtirish ishlari paysalga solingan yer.

    Tadbirkorga va’da qilingan, ammo hujjatlashtirish ishlari paysalga solingan yer.
    Foto: “Daryo”

    Shahrisabz shahar hokimligi qurilish bo‘limi mas’ullarining aytishicha, tadbirkor Axtam To‘rayevga, ya’ni uning vakili Umida Kurayevaga berilgan yer aslida tadbirkorning eski do‘koni qurilgan yer davlat manfaatlari uchun olib qo‘yilgani sabab berilgan.

    Foto: “Daryo”

    “Eng qizig‘i, o‘zimizning do‘konimiz uchun berilgan yerdan hokim va’dasiga ishonib, kechdik. Ijtimoiy og‘ir ahvoldagi fuqaro uchun berdik. Endilikda esa maishiy savdo uyi qurish uchun yer ololmay, sarsonmiz. Sobiq hokim ham, yangi hokim Akrom Sulaymonov ham yangi ish o‘rni yaratmoqchi bo‘lgan tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash o‘rniga, bizni sarson-sargardon qilmoqda. Vaholanki, davlat rahbarining bugungi kun hokimlariga qo‘ygan asosiy talabi — tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash va tadbirkor orqali yangi ish o‘rinlari yaratib, xalq farovonligini ta’minlashdan iborat. Xo‘sh, Shahrisabzda Prezidentning bu talabi bajarilmaydimi?”, — deydi tadbirkor Umida Kurayeva.

    Shahrisabz shahar hokimligi mazkur muammoga e’tibor qaratadi degan umiddamiz. “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    20.02.2021, 16:39   Izoh (0)   18098
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zbekneftgaz”: Muborakdagi “Alan” va “Zevarda” siquv kompressor stansiyalarining qurilish holati o‘rganildi

    20.02.2021, 16:30

    O‘zbekistonda yanvar oyida qancha transport vositasi ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi

    20.02.2021, 16:17

    Namangandagi Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

    20.02.2021, 15:35

    Prezident maktablari bitiruvchilari xorij OTMlaridan jami 3,3 mln dollarlik grant takliflarini olgan

    20.02.2021, 15:21

    O‘zbekistondagi ayrim OTMlarda Sun’iy intellekt yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi

    20.02.2021, 14:34

    O‘zbekistonda pnevmoniyani aniqlash va ko‘krak bezi saratoniga tashxis qo‘yishda sun’iy intellekt texnologiyalari qo‘llaniladi

    20.02.2021, 13:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qo‘shma Shtatlarning eng maqtalgan raketa esminetsi holati tarmoq foydalanuvchilari orasida istehzoga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 5 avgust, 21:40

    Mulkdorni 100 foiz rozi qilmaguncha hech qanday qurilish va buzish ishlari amalga oshirilmaydi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 20:58

    Toshkentda Spark yo‘l o‘rtasida yonib ketdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 21:30

    Ukraina Yaponiya bilan birgalikda dronlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 5 avgust, 21:20

    Afg‘onistonda bolalar to‘yib ovqatlanmasligi eng yuqori darajaga yetdi — BMT

    Dunyo | 5 avgust, 21:10

    “Vodiydan Toshkentgacha bo‘lgan barcha metan zapravkalar to‘liq quvvatda ishlamoqda”. Energetika vazirligi tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 21:00

    Qahva antibiotiklar ta’sirini kamaytirib, zararli bakteriyalarga yordam beradi — tadqiqot

    Ilm-fan | 5 avgust, 20:50

    IBA prezidenti Umar Kremlyov o‘zbekistonlik murabbiy bilan bog‘liq mojaroga munosabat bildirdi

    Sport | 5 avgust, 20:43
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.