• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    APLdan quvg‘in qilinganlar. Angliyada omadsizlikka uchragan, ammo boshqa ligalarda javlon urayotgan taniqli futbolchilar

    Angliya Premyer Ligasi – dunyoning eng kuchli futbol chempionati sifatida qabul qilingan. Tabiiyki, u yerda dunyoning eng yaxshi futbolchilari jamlangan, kuchli raqobatda yutib chiqish esa hammaga ham nasib etavermaydi. Shuning uchun Angliyadagi futbolchilar sport formasini ushlab turish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladi. Boisi bir martaga murabbiyning ishonchi yo‘qotilsa, uni qayta tiklash deyarli imkonsizdir. Afsuski, bunday holatga tushib qolganlarning soni kam emas. Demak, quyida aynan shu sabablar va kutilgan o‘yinni namoyish etolmagan, biroq boshqa chempionatga yo‘l olib, o‘z o‘rnini topgan taniqli futbolchilar haqida fikr yuritiladi.

    Romelu Lukaku

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Premyer Ligada 113 ta gol urib, liga tarixidagi yigirmanchi eng yaxshi to‘purarga aylangan Romelu Lukakuning iqtidoriga hech kim shubha qilmagan. Biroq “Everton”dan 75 million yevroga sotib olingan belgiyalik futbolchi “Manchester Yunayted”da kutilgan o‘yinni namoyish etdi deyish qiyin. U 96 ta o‘yinda 42 ta gol urdi, ammo na muxlislar va na murabbiylar shtabi uni o‘zlariniki deb qabul qildi.

    “Angliyada o‘ynaganimda, meni tanbal deb atashardi, meni kam yugurishda va hech narsa qilmaslikda ayblashardi, – degandi Lukaku 2020-yili bergan intervyusida. – Hozir men va erishayotgan yutuqlarimga qarang. Angliyada ham shunday qila olgan bo‘lardim”.

    Bu gaplari bilan u “Inter”ga o‘tgani haqida gapirgan. Darhaqiqat, Antonio Konte boshchiligida Lukaku allaqachon gollari sonini 50 tadan oshirib oldi. Uning yordamisiz, italyan klubi Yevropa Ligasi finaliga chiqa olmagan bo‘lardi. Uning o‘zi esa musobaqada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bundan tashqari “Inter” aynan uning yordami bilan 2010-yildan beri ilk marta Skudetto uchun jiddiy kurash olib borishni boshladi.

    Kris Smolling

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Harri Maguayr bilan shartnoma imzolangandan so‘ng “Yunayted” faxriysi Kris Smolling jamoada o‘z o‘rnini yo‘qotib bo‘lgandi. Viktor Lindelyof va Erik Bayi kabi o‘yinchilarning soyasida qolib ketishdan charchagan ingliz istalgan joyga, hatto notanish ligaga ham ketishga tayyor edi.

    “Roma” uning yangi uyiga aylanishini hech kim taxmin ham qila olmas edi, ammo yakunda shunday bo‘lib chiqdi – dastlab ijara asosida o‘ynagan himoyachi Italiya poytaxtida doimiy ro‘yxatdan o‘tish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi. Shu tariqa Smolling bugunga kunga qadar 50 ta uchrashuvda qatnashishga ulgurdi. 31 yoshida ko‘pchilik uning faoliyatida sho‘ng‘ish kuzatilishini aytgandi, ammo u rimliklarning yoqimtoyiga aylanib, ishonchli o‘yinlar ko‘rsata boshladi. “Manchester Yunayted”da esa bu hech qachon sodir bo‘lmagan. Smolling nari borsa jamoadagi tajribali o‘yinchilardan biri sifatida qabul qilinardi.

    “Manchester Yunayted”da qolish eng oson yo‘l bo‘lardi, ammo men “Roma”ga nimadir o‘rganish uchun kelganman”, – degandi Smoling The Telegraph nashriga bergan intervyusida.

    Serj Gnabri

    Foto: Eurosport

    Foto: Eurosport

    16 yoshida “Arsenal”ga qo‘shilgan va keyinchalik “Vest Bromvich” tarkibiga ham kira olmagan futbolchining Yevropaning eng kuchli klubidagi asosiy figuraga aylanishiga ishonish qiyin edi. Ammo vaqtida inglizlar tomonidan qadrlanmagan Gnabri bugungi kunda “Bavariya” bilan Bundesliga, Chempionlar Ligasi va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqishga ulgurdi.

    Gnabri Angliyadagi faoliyati unga hech narsa bermasligini anglab, vatani Germaniyaga qaytib ketadi va u yerda avval “Verder”, keyin “Hoffenhaym”da o‘ynaydi. U yerdagi o‘yinlar esa unga “Bavariya” tarkibiga qo‘shilishga imkon berdi.

    O‘tgan mavsum Chempionlar Ligasi bahslarida to‘qqizta o‘yinda to‘qqizta gol muallifiga aylangan futbolchi hozirda haqli ravishda Frank Riberining o‘rni va raqamiga egalik qilmoqda.

    Genrix Mxitaryan

    Foto: LaPresse

    Foto: LaPresse

    Premyer Liga tarixidagi yagona armanistonlik futbolchi Genrix Mxitaryan mahalliy muxlislar yodida deyarli hech narsasi bilan qolmagan. Hech kim u yerda uni jiddiy qabul qilmasdi ham. Uning “Manchester”dagi asosiy vazifasi Aleksis Sanchesning transferiga qo‘shilishi bo‘lgan.

    Shubhasiz, Mxitaryan haqiqatan ham Angliyada noshud rolini o‘ynashni xohlamagan va ko‘plab omadi chopmaganlar qochadigan joy – Italiya, aniqrog‘i, “Roma”ga yo‘l oladi.

    “Men futbol o‘ynashni yaxshi ko‘raman, zaxira o‘rindig‘ida vaqtni behuda sarflamoqchi emasman. Menga ishonishgani uchun “Roma”ga o‘tdim”, – degandi Mxitaryan “Roma”ga o‘tgani haqida.

    Rimda Geynrix o‘z o‘rnini topa oldi va 38 uchrashuvda 17 ta gol urdi. Bu to‘rt yil ichida Angliyadagi gollaridan ko‘proq edi. 2020/21-yilgi mavsumda ham u liga assistentlar ro‘yxatida peshqadamlik qilmoqda.

    Jerom Boateng

    Foto: Goal

    Foto: Goal

    Jerom Boateng APLda shunchalik kam o‘ynaganki, ko‘pchilik hatto uning u yerda bo‘lganligini ham eslolmaydi.

    “Manchester Siti” tarkibidagi atigi 16 o‘yindan so‘ng Boateng Vensan Kompani va Joleon Leskott bilan kurashishga qodirligini isbotlay olmaydi va ketishga qaror qiladi. Ammo qandaydir o‘rtamiyona jamoaga emas, balki “Bavariya”ga.

    Myunxenliklar safida esa Boateng klub afsonasiga aylanadi va 214 ta uchrashuv o‘tkazdi. Klub darajasida Boateng 20 ta sovrinni qo‘lga kiritdi. Ular qatoriga sakkizta chempionat va ikkita Chempionlar Ligasi bosh sovrinlari ham kiradi.

    “Ingliz matbuoti yangi mamlakatga ko‘nikishimga umuman imkon bermadi. Bu yerda ular darhol o‘ynab ketishingizni talab qiladi. Bu esa oson emas”, – degandi Boateng 2016-yilda Angliyadagi faoliyati haqida.

    Memfis Depay

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Manchester Yunayted” muxlislari Memfis Depayning transferini muvaffaqiyatli deb tan olishni istamaganliklarini tushunish mumkin. Boisi u sarflangan 25 million funt sterlingni oqlolmagandi. Niderlandiyalik futbolchi Manchester klubi safida 33 uchrashuv o‘tkazib, atigi 2 ta gol uradi. Shu tariqa u jamoada o‘z o‘rniga bo‘la olmaydi va unga chiqish eshiklari ko‘rsatiladi.

    Biroq 2016-yildan beri u “Lion” sharafini himoya qilmoqda, u yerda esa uni keragidan ortiq darajada qadrlashadi, albatta, haqli ravishda. U Fransiya chempionatida 121 o‘yinda 54 ta gol urdi. Agar jarohat bo‘lmaganida Memfis o‘tgan yilgi Chempionlar Ligasi yarim final o‘yinida (“Bavariya”ga qarshi) qatnashgan bo‘lar edi. Kim bilsin, balki u bo‘lganida o‘yin fransuz jamoasining foydasiga hal bo‘lgan bo‘larmidi.

    O‘z intervyularida Depay o‘zi xohlagan maqomda bo‘lish imkoniyatini bergani uchun “Lion”ga minnatdorchilik bildiradi.

    Bir paytlar “Yunayted” qadrlamagan niderlandiyalik futbolchi hozirda “Barselona”ning asosiy transfer maqsadi bo‘lib turibdi.

    Boshqa intervyu va maqolalar: 

    • Bosniyalikdan daniyalikkacha. “Barselona” tarixidagi to‘qqizinchi raqamlar
    • Alvido, qirol! 2020-yilda hayotdan ko‘z yumgan futbol yulduzlari
    • Terma jamoa, legioner sifatidagi faoliyat, O‘zbekistonning mundialga chiqish imkoniyatlari haqida Osiyoning ikki karra eng yaxshi o‘yinchisi Server Jeparov bilan intervyu

    17.02.2021, 12:01   Izoh (0)   20018
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Tep, sen mendan yaxshiroqsan”. Krishtianu Ronaldu haqida qiziqarli faktlar

    17.02.2021, 11:00

    “Uning zarbalaridan so‘ng darvozabonlar to‘p qaysi tomonga uchayotganini tushunmasdi”. Dunyo futboli yulduzlari Alessandro del Pyero haqida

    17.02.2021, 10:01

    Сhempionlar Ligasi. Saloh va Manening gollari “Liverpul”ga “Leypsig” ustidan g‘alaba keltirdi

    17.02.2021, 02:59

    Kollinadan Chaqirgacha. XXI asrning eng yaxshi futbol hakamlari aniqlandi

    16.02.2021, 23:12

    “Bavariya”, “Real”, “Al-Ahli”. XXI asrda eng ko‘p sovrin yutgan futbol klublari

    16.02.2021, 22:02

    David Alaba 13 yillik faoliyatdan so‘ng “Bavariya”ni tark etishini ma’lum qildi

    16.02.2021, 21:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda Onix haydovchisi 13 yoshli bolani urib yubordi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 00:00

    “Daryo” dayjesti: 4-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:35

    “Do‘stlik” chegara bojxona postida 12,7 ming dollarni yashirincha olib chiqayotgan yo‘lovchi to‘xtatib qolindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:30

    Jamoat tartibiga qarshi jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs BAAdan ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:10

    Dunyoning eng go‘zal 10 nafar ayol tennischilari

    Layfstayl | 4 iyun, 22:55

    Insofsiz raqobat yoxud ko‘chirmakash “Surxon oshpazi”: xorijiy kompaniya shikoyat bilan chiqdi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 22:50

    Samarqandda transformator yonib ketdi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.