• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12496.94
    • RUB159.38
    • EUR14405.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Tep, sen mendan yaxshiroqsan”. Krishtianu Ronaldu haqida qiziqarli faktlar

    “Mening orzum — shu qadar ko‘p gol urishki, men bu raqam qanday atalishini bilmayin”, — degandi Krishtianu Ronaldu intervyularidan birida. 2021-yilning 5-fevral sanasida 36 yoshni qarshi olgan portugaliyalik allaqachon rasmiy o‘yinlardagi gollar soni bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqib oldi. Biroq orzusiga yetgunicha hali ancha bor. Uning gollari va faoliyati haqida juda ko‘p gapirilgan, buni yana qaytarishdan ma’ni yo‘q. Shunday ekan, quyida e’tiboringizga Ronaldu haqida eng qiziqarli faktlar taqdim etiladi.

    Bo‘lajak futbolchining otasi AQShning 40-prezidenti Ronald Reyganning haqiqiy muxlisi bo‘lgan. Ronalduning otasi uni prezident sifatida emas, balki Gollivud aktyori sifatida hurmat qilgan. Shu tariqa bo‘lajak futbol yulduziga Ronaldu ismi beriladi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Ronaldu anchayin qiziqqon o‘spirin bo‘lgan. U 12 yoshda bo‘lganida oilasi Madeyradan Lissabonga ko‘chib o‘tadi, maktabda esa Krishtianuning ishlari yaxshi emasdi. Bundan tashqari u poytaxt aholisi uchun unchalik tanish bo‘lmagan lahjada so‘zlashardi. Bir safar o‘qituvchi uning nutq uslubi haqida hazil qiladi, yigitcha esa hech ikkilanmay muallimasiga qarata stul uloqtiradi. Yaxshiyamki, “zarba” noaniq bo‘lib chiqadi. Ammo baribir u maktabdan haydaladi, so‘ngra Ronaldu onasining maslahati bilan o‘sha paytda eng yaxshi bajargan ishi – futbolga jiddiy e’tibor qaratishga qaror qiladi.

    Foto: AS

    Foto: AS

    Ammo oradan 15 yil o‘tib, Ronaldu baribir o‘z zarbasi bilan kimgadir zarar yetkazadi, ammo buni bexosdan qiladi. 2013-yilning yozida “Real” safidagi uchrashuvlarning birida Krishtianu jarima zarbasini shunchalik kuchli tepadiki, to‘p tribunadagi 11 yoshli Charli ismli bolakayga borib tegadi. Bolakay zarbani ikkala qo‘li bilan to‘sadi, afsuski, zarba kuchi Charlining qo‘lini sindiradi. Ammo Charli bundan sira ham xafa bo‘lmaydi, aksincha, xursand bo‘ladi. Birinchidan, agar qo‘llarini qo‘ymaganida tishsiz qolishi mumkin edi. Ikkinchidan, “Real” ushbu hodisa uchun bolakaydan uzr so‘raydi va barcha futbolchilar imzosi tushirilgan forma sovg‘a qiladi.

    Ronalduga 15 yoshida taxikardiya tashxisi qo‘yiladi (yurak bilan bog‘liq kasallik). Ushbu tashxis sport karyerasiga nuqta qo‘yishi ham mumkin edi. Biroq Ronaldu operatsiya qilinadi va uch kundan keyinoq maydonga qaytadi.

    Mavzuga doir: Ronaldu, Messi, Pele, Drogba va Bekhem. Jiddiy kasalliklarni yengib o‘tgan taniqli futbolchilar

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Ronalduning tanasidagi yog‘ miqdori tana vaznining atigi 10 foizini tashkil qiladi. Bu esa uni ideal sprinterga aylantiradi. U haqiqatan ham eng tezkor sportchilardan biri hisoblanib, bu Krishtianu va ispaniyalik yengil atletikachi Anxel Rodrigesning imkoniyatlari taqqoslab ko‘rilganda ham isbotlangan. To‘g‘ri chiziqda yugurishda Rodriges g‘olib chiqqan bo‘lsa, zigzag trayektoriyasida Ronaldu ustunlik qilgan.

    Ronaldu tanasiga tatuirovka chizdirmaydigan kam sonli futbol yulduzlaridan biri hisoblanadi. Bu u uchun prinsipial masala bo‘lib, Ronaldu buni muntazam ravishda donorlik qilib turishi bilan izohlaydi. 2000-yillarning oxirlarida Krishtianu hatto Qizil Xoch aksiyalarining yuziga aylangandi va quyidagi shior ostida ushbu g‘oyani ilgari surgandi: “Mening tatuirovkam yo‘q, chunki bu donorlik qilishimga xalaqit beradi”.

    Foto: Idealista

    Foto: Idealista

    Futbolchining ona shahri Funshalda, 2013-yilda Ronaldu (CR7) muzeyi ochilgan. Hayotiy voqealar, mukofotlar, shaxsiy buyumlar, noyob fotosuratlar – chinakam muzey. Ronaldu uning ilk tashrifchisi bo‘lgan.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    2010-yilda Ronalduning haykali Londondagi Madam Tyusso muzeyida paydo bo‘ladi. Shu tariqa u ushbu sharafga loyiq ko‘rilgan Stiven Jerrard, Pele va Devid Bekhemdan keyin to‘rtinchi o‘yinchiga aylanadi.

    Foto: Foto: Google Images

    Foto: Foto: Google Images

    Krishtianuning oliyjanobligini ko‘rsatadigan ajoyib bir voqea bor. Bolalikda uning Albert Fantrau ismli do‘sti bo‘lgan, ular birgalikda “Nasional” sharafini himoya qilardi. Kunlardan bir kuni jamoa o‘yinini kuzatishga “Sporting” skautlari tashrif buyuradi. Mehmonlar ikkala futbolchini ham kuzatadi, biroq faqat bir futbolchini olishlarini aytadi. Albert va Krishtianu o‘zini bir xil darajada ko‘rsatib, ikkalasi ham bittadan gol uradi. O‘yinning so‘ngiga kelganda esa Albert bir necha himoyachilarni aldab o‘tadi va o‘zi gol urmasdan to‘pni do‘stiga uzatadi. Agentlar Ronalduni sotib oladi. Albert esa futbolchi bo‘lib yetishmaydi va oddiy inson sifatida hayot kechiradi. Biroq Ronaldu unga hashamatli uy sovg‘a qiladi va do‘stining yaxshiligiga javob qaytaradi. O‘shanda Albert Ronalduga shunday degan ekan: “Tep, sen mendan yaxshiroqsan”.

    Mavzuga doir:

    • Krishtianu Ronaldu 36 yoshda. Portugaliyalik yulduz yangilaydigan yana qanday rekordlar bor?
    • “Abort qildirmoqchi bo‘lganman, biroq Xudo Krishtianuning tug‘ilishini xohlagan”. Ronalduning onasi haqida kichik hikoya
    • “Hech narsa demasdan o‘z stolini 40 daqiqa kutdi”. Krishtianu Ronalduning maydon va uning tashqarisida mutlaq chempion ekanligi haqida kichik hikoya
    • Krishtianu Ronalduning hashamatli saroylari, qimmatbaho mashinalari, shaxsiy samolyot va biznes imperiyasi haqida
    • Bugatti, Ferrari, Lamborghini va Rolls-Royce. Krishtianu Ronalduning garajiga sayohat (foto)
    • Kasilyasdan Kokegacha. Krishtianu Ronaldu bilan chiqisha olmagan dunyo futboli yulduzlari haqida

    17.02.2021, 11:00   Izoh (0)   27627
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Uning zarbalaridan so‘ng darvozabonlar to‘p qaysi tomonga uchayotganini tushunmasdi”. Dunyo futboli yulduzlari Alessandro del Pyero haqida

    17.02.2021, 10:01

    Сhempionlar Ligasi. Saloh va Manening gollari “Liverpul”ga “Leypsig” ustidan g‘alaba keltirdi

    17.02.2021, 02:59

    Kollinadan Chaqirgacha. XXI asrning eng yaxshi futbol hakamlari aniqlandi

    16.02.2021, 23:12

    “Bavariya”, “Real”, “Al-Ahli”. XXI asrda eng ko‘p sovrin yutgan futbol klublari

    16.02.2021, 22:02

    David Alaba 13 yillik faoliyatdan so‘ng “Bavariya”ni tark etishini ma’lum qildi

    16.02.2021, 21:01

    Mourinyo eng yaxshi, Gvardiola top-3 likda ham yo‘q. XXI asrning eng yaxshi murabbiylari aniqlandi

    16.02.2021, 19:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Instagram: Rixsitilla Abdullayev nevarali bo‘ldi, Rashid Xoliqov o‘g‘liga qimmatbaho avtomobil sovg‘a qildi, Shahlo Alijonovaga Marry me tashkillashtirishdi

    Shou-biznes | 23 iyun, 12:44

    Isroilni tark etmoqchi bo‘lganlar uchun parvozlar yo‘lga qo‘yildi

    Dunyo | 23 iyun, 12:38

    O‘zbekistonda qimor o‘yinlarini reklama qilgan 4 nafar vayner sudga berildi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 12:30

    Vinisius “Real” bilan uzoq muddatli bitim imzolaydi

    Sport | 23 iyun, 12:25

    Suratga olish jarayonida homiladorligini yashirgan aktrisalar

    Kino | 23 iyun, 11:54

    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

    Reklama | 23 iyun, 10:30

    Fransiyada kelin o‘z to‘yida o‘ldirib ketildi

    Dunyo | 23 iyun, 11:52

    Aktrisa Hande Erchel “Emili Parijda” seriali yulduzi bilan uchrashdi (foto)

    Shou-biznes | 23 iyun, 11:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.