• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Uning zarbalaridan so‘ng darvozabonlar to‘p qaysi tomonga uchayotganini tushunmasdi”. Dunyo futboli yulduzlari Alessandro del Pyero haqida

    O‘tgan asrning 90-yillarida xuddi hozirgidek ikki hujumchi katta sahnaga chiqqandi va davrani hech kimga berishni istamasdi. Bular – Ronaldo va Alessandro del Pyero edi. Agar braziliyalik “so‘yloq” terma jamoa hamda “Barselona”, “Inter”, “Real” kabi klublaridagi o‘yinlari bilan tanilgan bo‘lsa, del Pyero deyarli butun faoliyatini “Yuventus”da o‘tkazgan. Alessandro aynan Turin klubi va Italiya terma jamoasi safidagi o‘yinlari orqali tom ma’noda afsonaga aylanadi. Jahon Chempionatidan tortib to Chempionlar Ligasigacha bo‘lgan musobaqalarda g‘olib chiqqan del Pyero haqida qancha gapirsa ham kamlik qiladi. Uning o‘zi va o‘yiniga esa faqat del Pyero darajasidagi va u bilan birga to‘p surganlargina baho berishi mumkin. Quyida taniqli (sobiq) futbolchilarning afsonaviy del Pyero haqidagi iqtiboslari taqdim etiladi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images
    Ha, Italiya chempionati ajoyib futbolchisini yo‘qotdi. Ammo men Sandroning o‘z tanlovidan mamnunligini bilaman. Barchamiz uning qarorini hurmat qilishimiz kerak. U shu yo‘lni tanladi va men Avstraliyaning (faoliyatining so‘ngida, 2012-yilda “Sidney” klubiga o‘tadi – “Daryo”) vaziyatni yaxshi tomonga o‘zgartira oladigan mamlakat ekaniga aminman.

    Kristian Viyeri

    Alessandro – avlodimizning kumiri. Va men sizga aniq aytamanki, u jarima zarbalarini mendan yaxshiroq tepadi. Bu shunchaki gap emas. Men yaqin masofadan zarba berishni afzal ko‘raman, Ale esa uzoqdan zarba beradi. Del Pyeroning zarbalari juda g‘alati yo‘nalishda harakatlanadi, ammo juda tez. Uning zarbalaridan keyin darvozabonlar shunchaki to‘p qaysi tomonga uchayotganini tushunmasdi.

    Ronaldinyo

    Del Pyero 600 ta ajoyib o‘yin o‘tkazgan. U superprofessionallar davrida butun muhabbatini futbolga bergan haqiqiy maestrodir. Men uchun Alessandro nafis futbol va sevimli jamoasiga borini bergan o‘yinchi namunasidir.

    Yoxan Kroyff

    Alessandro, sen men o‘xshashga harakat qilgan namuna eding. Sen chempionsan va doimo meni hayratlantirgansan.

    Krishtianu Ronaldu

    Azizim Aleks, sening Avstraliyada yangi sarguzashtlaringni boshlashingdan xabarim bor (del Pyero faoliyatining so‘ngida, 2012-yilda “Sidney” klubiga o‘tadi – “Daryo”). Hozirda birga bosib o‘tgan yo‘llarimiz xotiramda aylanmoqda. Biz bir-birimizga qarshi juda ko‘p o‘yin o‘tkazdik va jamoalarimizning haqiqiy yetakchilari sifatida biz har doim bir-birimizga hurmat-ehtirom his qilardik. Rimlik sifatida ba’zi uchrashuvlarni eslashim menga azob beradi, ammo hech narsa senga bo‘lgan munosabatni o‘zgartira olmaydi. Bu xayrlashuvni yozayotganimda biroz xafa bo‘ldim. Ammo bir narsani bilaman, sen kabi chempion har doim yangi chaqiruvlarni topa oladi. Sening turmush tarzing va sportdagi yutuqlaring – dunyoda italiyalik sportchining eng yaxshi reklamasi bo‘ladi.

    Franchesko Totti

    Del Pyeroning buyuk chempion bo‘lishini tushunishim uchun u bilan 10 daqiqa suhbatlashish kifoya qilgandi. Aleks – italyan xalqiga mansub futbolchi. U Pele yoki Maradonadek bo‘lolmasligi mumkin, ammo aminmanki, Eysebio, Omar Sivori yoki Yoxan Kroyff darajasidagi o‘yinchiga aylanadi.

    Jovanni Trapattoni

    Bolaligimda del Pyero kumirim bo‘lgan. Men har doim “Yuventus”ga muxlis bo‘lganman va shunday bo‘lib qolaman, shu bois u men uchun tarixdagi eng buyuk futbolchilardan biridir. Maydonda ham, uning tashqarisida ham. Alessandroning o‘yinini to‘xtovsiz tomosha qilish mumkin. Del Pyero –futbolimizning haqiqiy xazinasi.

    Marko Verratti

    Del Pyero kabi o‘yinchilar 150 yilda bir marta tug‘iladi. Klubimizning har bir keyingi “o‘ninchi raqami” oldin kim bu raqamda o‘ynaganini bilishi va Aleks “Yuventus”da namoyish etgan darajaga mos kelishi kerak.

    Janluiji Buffon

    Men uchun del Pyero jamoamizning eng muhim o‘yinchisi hisoblanadi. U “Yuventus”ning haqiqiy ramzidir, men u bilan birga o‘ynash sharafidan juda faxrlanaman.

    David Trezege

    Avvalo, Ale mening kumirim bo‘lganini aytmoqchiman. Bolaligimda doimo u o‘ynagan jamoalar liboslarini sotib olardim. U “Yuventus”, Italiya va butun futbol olamiga juda ko‘p narsa bergan professional namunasidir. Va u Maldini yoki Ronaldodan aslo qolishmaydi.

    Aleshandre Pato

    Del Pyero – bu buyuk sportchi, Italiya va Yevropa tarixidagi eng zo‘rlaridan biri. Uning o‘yinini ko‘rish men uchun har doim yoqimli bo‘lgan. Bizning u bilan futbol yo‘llarimiz juda o‘xshash.

    Raul

    Del Pyero – “Yuventus” va Italiya tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri. U o‘z o‘yinining go‘zalligi va pokligi tufayli millionlab futbol muxlislari orasida shuhrat qozongan.

    Lionel Messi

    Mavzuga doir:

    • “U haqida yozmang, unga ta’rif bermang. Shunchaki uning o‘yinini tomosha qiling”. Dunyo futbol yulduzlari 33 yoshni qarshi olgan Lionel Messi haqida
    • “Menga Zidan va 10 ta taxta bering, sizga Chempionlar Ligasi kubogini olib beraman”. Dunyo futbol yulduzlari 48 yoshni qarshi olgan Zinedin Zidan haqida
    • “Uning o‘yinidan zavq olmaslik — jinoyat”. Dunyo futboli yulduzlari braziliyalik “sehrgar” Ronaldinyo haqida

    17.02.2021, 10:01   Izoh (0)   13882
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Сhempionlar Ligasi. Saloh va Manening gollari “Liverpul”ga “Leypsig” ustidan g‘alaba keltirdi

    17.02.2021, 02:59

    Kollinadan Chaqirgacha. XXI asrning eng yaxshi futbol hakamlari aniqlandi

    16.02.2021, 23:12

    “Bavariya”, “Real”, “Al-Ahli”. XXI asrda eng ko‘p sovrin yutgan futbol klublari

    16.02.2021, 22:02

    David Alaba 13 yillik faoliyatdan so‘ng “Bavariya”ni tark etishini ma’lum qildi

    16.02.2021, 21:01

    Mourinyo eng yaxshi, Gvardiola top-3 likda ham yo‘q. XXI asrning eng yaxshi murabbiylari aniqlandi

    16.02.2021, 19:37

    Zo‘rlarning zo‘ri. Futbol tarixidagi eng taniqli o‘ninchi raqamlar haqida

    16.02.2021, 17:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Lamin Yamal o‘zining “orzular jamoasi”ni tuzdi

    Sport | 16 iyul, 13:10

    Yangi o‘quv yilidan kontrakt miqdori oshadimi? Vazirlik vakili aniqlik kiritdi

    O‘zbekiston | 16 iyul, 13:08

    Husiy dilerlari X va WhatsApp’da qurol sotayotgani ma’lum bo‘ldi

    Dunyo | 16 iyul, 12:59

    Yevropa Ittifoqi Isroilga chora ko‘rishga tayyorligini e’lon qildi

    Dunyo | 16 iyul, 12:24

    Pep Gvardiola yozda tarkibni qisqartirmoqchi — “Manchester Siti”ning olti futbolchisi jamoada ketishi mumkin

    Sport | 16 iyul, 12:10

    Mashhur kiyim-kechak brendi xitoylik ishchilarni ekspluatatsiya qilishda ayblandi

    Dunyo | 16 iyul, 12:09

    O‘zbekistonga 17-iyuldan juda issiq havo oqimlari kirib keladi

    O‘zbekiston | 16 iyul, 11:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.