Transfermarkt portali XXI asrda eng ko‘p sovrin yutgan futbol klublari reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, XXI asrda 45 ta sovringa ega chiqqan Misrning “Al-Ahli” klubi ro‘yxat yetakchiligini o‘z qo‘liga oldi. 2019/20-yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha oltita sovrinni qo‘lga kiritgan “Bavariya” (44) esa ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Gibraltarning “Linkoln Red Imps” klubi (40) kuchli uchlikka yakun yasadi.
XXI asrda eng ko‘p sovrin yutgan futbol klublari:
- “Al-Ahli” (Misr) — 45 ta sovrin
- “Bavariya” (Germaniya) — 44
- “Linkoln Red Imps” (Gibraltar) — 40
- “Portu” (Portugaliya) — 35
- “Barselona” (Ispaniya) — 34
- “Seltik” (Shotlandiya) — 34
- “Shaxtyor” (Ukraina) — 33
- “Oklend Siti” (Yangi Zelandiya) — 33
- “Real Madrid” (Ispaniya) — 30
- PSJ (Fransiya) — 30
- “Manchester Siti” yetakchi, “Barselona” kuchli uchlikda, “Real” top-5 da ham yo‘q. So‘nggi 10 yillikda transferlarga eng ko‘p pul sarflagan jamoalar
- Transfermarkt talqiniga ko‘ra Superliga—2020 ramziy terma jamoasi aniqlandi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)