Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tesla va SpaceX rahbari Ilon Maskning Rossiya prezidentiga atalgan, Clubhouse ovozli ijtimoiy tarmog‘i orqali muloqot qilish haqidagi, taklifini Kremldagilar qiziqarli deb atadi. Bu haqda Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlar bilan suhbatda aytib o‘tdi, deb yozadi Meduza.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Shu bilan birga, u Kreml aynan nima taklif qilinayotganini tushunishni istashini aytdi.

“Bilasizmi, biz oldin tushunib olishni xohlaymiz. Bilasizki, prezident Putinning o‘zi bevosita ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmaydi. Ularni shaxsan o‘zi yuritmaydi. Umuman olganda, bu, albatta, juda qiziq taklif. Ammo biz nima nazarda tutilganini, nima taklif etilayotganini tushunib olishimiz kerak. Shuning uchun birinchi bularning hammasini tekshirib ko‘ramiz va keyin javob qaytaramiz”, — dedi Peskov.

Eslatib o‘tamiz, 14-fevral kuni Ilon Mask Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Clubhouse ijtimoiy tarmog‘i orqali muloqot qilishga chaqirgan edi. “Siz bilan suhbatlashish katta sharaf bo‘lgan bo‘lardi”, — deb yozdi Mask rus tilida Rossiya prezidenti rasmiy sahifasini “teg” qilib.

Clubhouse — 2020-yil aprelida ishga tushirilgan yopiq ijtimoiy tarmoq. Unga ulanish uchun boshqa ishtirokchilardan taklif olish kerak. Muloqot virtual xonalarda ovoz yordamida amalga oshiriladi. Ilon Mask, Mark Sukerberg kabi taniqli shaxslar a’zo bo‘lganidan keyin, 2021-yil boshida ijtimoiy tarmoq yanada ommalashib ketdi.

Shu jumladan, Clubhouse mobil dasturi O‘zbekistonda ham ommalashdi: u iOS qurilmalari uchun yuklab olingan dasturlar qatorida birinchi o‘ringa chiqib oldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank