Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerikalik tadbirkor, Tesla va SpaceX kompaniyalarining asoschisi hamda rahbari Ilon Mask va Grayms 2020-yilning may oyida o‘g‘illi bo‘lgan va unga X Æ A-12 deb ism qo‘ygandi. Qo‘shiqchi o‘zining Instagram’dagi sahifasiga o‘g‘li bilan tushgan birinchi suratini joylashtirdi. Suratda Grayms Ukrainaning Ienki Ienki brendining paryostig‘ida tasvirlangan.

Foto: Instagram / @Grimes

Foto: Instagram / @Grimes

Ilon Maskning o‘zi esa Instagram va Twitter’dagi sahifasida o‘g‘lining suratni e’lon qilgan.

Foto: Instagram / @Elonmusk

Foto: Instagram / @Elonmusk

X Æ A-12 ismi “Eks EyEy Tvelv” tarzida o‘qiladi. Hujjatlarda esa X AE A-XII Musk deya qayd etilgan, chunki Kaliforniya qonunchiligiga ko‘ra, ismni ro‘yxatdan o‘tkazishda raqam va belgilar bo‘lmasligi lozim.

Bu ism quyidagicha kengaytiriladi:

X — noma’lum o‘zgaruvchi;

Æ — Graymsning aytishicha, bu belgi elflar tilida sun’iy ong ma’nosini beradi, shu bilan birga, sevgi so‘zi ham shunday yoziladi;

A-12 — juftlikning sevimli samolyoti — Lockheed A-12.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi