Futbol bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati—2020 musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. Musobaqa finalida “Bavariya” 11-fevral kungi bahsda “Tigres”ni mag‘lub etdi (1:0).
Finaldan so‘ng musobaqaning individual sovrin egalari aniqlandi. Myunxenliklar hujumchisi Robert Levandovski turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Levandovski “Al-Ahli”ga qarshi kechgan yarim final o‘yinida (2:0) dubl muallifiga aylandi, finalda esa golli uzatma amalga oshirdi.
Ikkinchi o‘ringa meksikaliklar forvardi Andre-Pyer Jinyak loyiq ko‘rildi. “Bavariya” yarim himoyachisi Yozua Kimmix esa uchinchi bo‘ldi.
Uchta gol urgan Jinyak musobaqaning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Levandovski bu borada ikkinchi bo‘ldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)