Yevropa Ligasining 1/16 finali ilk bahsidan o‘rin olgan “Real Sosyedad” va “Manchester Yunayted” jamoalari o‘rtasidagi bahs Ispaniyada bo‘lib o‘tmaydi.
UEFA uchrashuvni Italiyaning Turin shahriga ko‘chirilganini ma’lum qildi. Bunga Ispaniya koronavirusning yangi shtammi sabab Buyuk Britaniyadan keluvchilarga taqiq qo‘ygani sabab bo‘lgan.
Shu tariqa ushbu jamoalar o‘rtasidagi ilk uchrashuv 18-fevral kuni “Yuventus”ning uy stadioni — “Alyans Stedium”da bo‘lib o‘tadi. Javob bahsi 25-fevral kuni “Old Trafford”da o‘tishi belgilangan.
Avvalroq shu sabablarga ko‘ra Chempionlar Ligasi doirasidagi “Leypsig” — “Liverpul” va “Borussiya M” — “Manchester Siti”, shuningdek, Yevropa Ligasidan o‘rin olgan “Molde” — “Hoffenhaym” uchrashuvlari joyi o‘zgargandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)