O‘zbekistonda 1-martdan boshlab Bahrayn, Qatar, Kuvayt, Ummon va Xitoy, shu jumladan, Gonkong va Makao maxsus ma’muriy hududlari fuqarolariga 10 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi.
Bu haqda 9-fevral kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmonida ko‘zda tutilgan.
Buning uchun ushbu davlatlar fuqarolari o‘zining yoki uchinchi mamlakatga uchish aviachiptasini taqdim qilishi lozim.
Shuningdek, farmonga ko‘ra, 2019-yil 12-sentabrdagi “Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma’muriy hududi fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirishda vizasiz rejimni belgilash to‘g‘risida”gi Prezident farmoni 1-martdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotadi.
2019-yilda O‘zbekiston Xitoy va Gonkong aholisi uchun bir haftalik vizasiz rejim joriy etgandi.
Izoh (0)