Shavkat Mirziyoyevning ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 9-fevraldagi farmoni bilan O‘zbekiston ichida yangi avia hamda temiryo‘l qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.
Farmonga binoan, bir oy muddatda ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish doirasida quyidagi aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi:
- Farg‘ona—Urganch—Farg‘ona;
- Termiz—Urganch—Termiz;
- Qarshi—Urganch—Qarshi.
2021-yil 1-aprelga qadar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha doimiy temiryo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yiladi:
- Termiz—Qarshi—Xiva;
- Xiva—Urganch—Nukus;
- Termiz—Qarshi—Samarqand.
Izoh (0)