Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 22-turida “Atletiko Madrid” 8-fevral, dushanba kuni o‘z uyida “Selta”ni qabul qildi.
Bellashuvning 13-daqiqasidayoq Santi Mina mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘limning so‘ngiga kelib Luis Suares hisobni tenglashtirdi.
50-daqiqada Suares hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirib, dublni rasmiylashtirdi. Vigoliklar uchrashuvning 89-daqiqasidagi gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.
Diyego Simeone shogirdlari ochko yo‘qotishiga qaramay, 51 ochko bilan musobaqa jadvalida yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi. Shuningdek, jamoa zaxirasida ikkita o‘yin bor. Ketma-ket 3 ta o‘yindan beri durang qayd etayogan “Selta” 10-o‘rinni band qilib turibdi.
22-turdan keyin musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:
La Liga
22-tur bahsi
8-fevral, dushanba
“Atletiko M”—“Selta” 2:2
Gollar: 0:1 – 13 Santi Mina, 1:1 – 45 Suares, 2:1 – 50 Suares, 2:2 – 89 Ferreyra.“Atletiko M”: Oblak, Ximenes, Felipe (Torreyra, 46), Savich, Lodi, Saul, Kondogbia, Lyorente, Koke, Korrea, Suares.
“Selta”: Ruben Blanko, Arauxo, Murilo, Aaron Martin, Malo, Tapiya, Mendes, Denis Suares, Nolito (Solari, 69), Santi Mina (Ferreyra, 76), Aspas.
Ogohlantirishlar: Tapiya (5), Felipe (23), Ximenes (67), Denis Suares (78).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)