Aleksey Navalniyning veb-saytida va ijtimoiy tarmoqlarda uning tarafdorlariga murojaatlari paydo bo‘ldi. Bu sud tomonidan uning “Iv Roshe” ishidagi shartli jazosini haqiqiy jazo bilan almashtirgandan so‘ng, siyosatchi tomonidan e’lon qilingan birinchi murojaati, deya xabar bermoqda Meduza.

Foto: Pinterest

“Men, albatta, quyidagi iborani ko‘p marta eshitganman: ‘Ichkarida erkin bo‘lgan odamni erkinlikdan mahrum qilish mumkin emas’. Va endi men o‘zimdan so‘rayapman: Xo‘sh, qanday bo‘lyapti? Ishoning, (menda) aynan shunday bo‘lyapti. Mening orqamdan temir eshiklar yopildi, lekin men o‘zimni erkin odamdek his qilyapman. Siz o‘zingizning haq ekaningizga bo‘lgan ishonchingiz sababli shunday bo‘lyapti. Qo‘llab-quvvatlov uchun tashakkur. Oilangiz ko‘magi uchun tashakkur”, – deydi Navalniy.

Navalniy unga qarshi “namoyishkorona qonunbuzarlik” bu prezident Vladimir Putinning shaxsiy qasosi, shuningdek, butun mamlakatni qo‘rqitishga urinishi, degan fikrni bildirdi. Navalniy o‘z tarafdorlarini qo‘rqmaslikka chaqirdi.

“Kuch va qattiqqo‘llik illyuziyasidan aldanmang. Agar ular odamlarni yashirincha zaharlashi va noqonuniy ravishda qamoqqa tashlashi mumkin bo‘lsa, bu qanday kuch? Agar mustaqil nomzodlar o‘zining nomzodini qo‘yishiga yo‘l qo‘ymaslik orqali saylovlarda g‘alaba qozonishsa va namoyishchilarni qo‘rqitib, metro stansiyalarini yopishsa, ular butun mamlakat bo‘ylab qo‘llab-quvvatlanishga loyiqmi?

Siyosatchi ruslar “o‘z vatanlarini bir qancha bosqinchi o‘g‘rilaridan ozod qilishi” mumkinligiga ishonch bildirdi va buni qilish shartligini ta’kidladi. “Erkingizni yo‘qotmang”, – deya murojaatini yakunlagan Navalniy.

Aleksey Navalniy 2020-yil avgustdan beri Germaniyada edi. U Tomsk—Moskva samolyotida o‘zini yomon his qilgani sababli davolanish uchun olib ketilgan. Tahlillar natijasiga ko‘ra, Navalniy “Novichok” guruhidagi modda bilan zaharlangani ma’lum bo‘ldi. Dekabr oyida Bellingcat va The Insider siyosatchini Federal xavfsizlik xizmatining sakkiz nafar xodimidan iborat maxsus guruh zaharlagani ta’kidlangan tekshiruv natijalarini e’lon qildi.

Navalniy 17-yanvar kuni kechqurun Berlindan Moskvaga qaytib keldi. Sheremetyevo aeroportida siyosatchi “Iv Roshe” ishi doirasida hibsga olindi va Ximki shahridagi politsiya bo‘limiga olib ketildi. Ximki shahar sudi Aleksey Navalniyni 15-fevralga qadar qamoqqa olish bo‘yicha hukm chiqargan.

28-yanvar kuni Moskva viloyat sudi Aleksey Navalniyning advokatlari tomonidan siyosatchining Moskvadagi “Matrosskaya tishina” nomli tergov izolyatoridan ozod qilinishini talab qilgan apellyatsiya shikoyatini rad etgan. Uchrashuv davomida Navalniy tergov izolyatoridan videoaloqa orqali nutq so‘zlagan.

2-fevral kuni sud Navalniyga “Iv Roshe” ishi bo‘yicha berilgan shartli muddatni haqiqiysiga almashtirdi va 2 yil-u 8 oy koloniya tayinladi. G‘arb mamlakatlari siyosatchini ozod etishni talab qildi. Moskva va Peterburgda uni qo‘llab-quvvatlab aksiyalar o‘tkazildi. Moskvaning o‘zida namoyishchilarga qarshi 8 mingdan ortiq politsiyachilar va gvardiyachilar jalb qilindi. Ular bir yarim ming kishini hibsga oldi.