• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Fors ko‘rfazi mamlakatlarida COVID-19 tufayli cheklovlar yana kuchaytirilmoqda

    Fors ko‘rfazidagi qator mamlakatlar COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat fonida cheklovlarni kuchaytirmoqda, deya xabar bergan Associated Рress.

    Foto: AA

    Foto: AA

    Saudiya Arabistonida hukumat 20 ta mamlakat, jumladan, AQShdan tashrif buyuruvchilarni qabul qilishni taqiqladi. Qirollik hududida to‘y va bazmlar o‘tkazish, restoranlarda ovqatlanishga chek qo‘yildi, savdo markazlari va sport zallari 10 kunga yopildi.

    Hukumat izohiga ko‘ra, Saudiya Arabistonining bir qator hududlarida kasallanish holati ortganini xavfsizlik choralariga rioya qilinmagani sabab bo‘lgan. Shuningdek, hukumat yangi cheklovlarning muddati uzaytirilishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Umumiy hisobda, qirollikda koronavirusga chalinish bo‘yicha 368 mingga yaqin holat, 6380 ta o‘lim holati qayd etilgan.

    Kuvayt 7-fevraldan boshlab xorijliklar uchun ikki haftaga chegaralarini yopadi. Mamlakatda ish vaqti qisqartirilib, sport zallari va sport-sog‘lomlashtirish klublari yopiladi, 25-fevralda Kuvayt milliy kuni nishonlanishi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanalar bekor qilinadi. Pandemiya boshidan beri mamlakatda infeksiyani yuqtirib olganlar soni 167 mingdan oshgan, 961 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.

    Qatarda ham cheklovlar joriy qilinmoqda. Ummonda esa yanvar oyining o‘rtalaridan beri quruqlikdagi chegaralar yopiq, ammo aviaqatnovlar taqiqlanmagan. Biroq shunga qaramay Ummon hukumati mamlakatda koronavirus bilan kasallanish soni ortib borayotgani haqida ogohlantirdi.

    Avvalroq Ummon sog‘liqni saqlash vaziri Ahmad bin Muhammad al-Saidiy xorijlik sayyohlardan ularga o‘z sog‘lig‘ini kuzatib borish uchun taqish majburiy qilib berilgan bilaguzuklar olinib, uyidan chiqmaydigan qariyalarga berilishini aytgandi. Xabar qilinishicha, sultonlik mamlakatga kelayotganlardan bir hafta davomida ijtimoiy yakkalash tartibiga o‘tkazishni talab qiladi.

    Xabarga ko‘ra, aholisining aksariyat qismi yosh va sog‘lom mehnat muhojirlaridan iborat ushbu mamlakatlarda COVID-19 oqibatida kuzatilayotgan o‘limlarning darajasi u qadar yuqori emas. Biroq 2021-yil boshidan beri mintaqada kasallikning ko‘payishi qayd etilmoqda. Shunga qaramay, mintaqaning ayrim davlatlari aholini koronavirusga qarshi emlash ko‘lami bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlarda bormoqda.

    Avvalroq Saudiya Arabistoni koronavirusning yangi shtammi tufayli chegaralarni yopib, xalqaro parvozlarni to‘xtatgan haqida xabar qilingandi. Saudiya Arabistonidan tashqari yana 20 dan ortiq mamlakat yangi shtamm tufayli aviaqatnovlarni cheklagan.

    Eslatib o‘tamiz, Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida 23-dekabrdan aholini koronavirusga qarshi bepul emlash boshlangan, buning uchun Pfizer va BioNTech kompaniyalari tomonidan yaratilgan vaksinadan foydalanilmoqda.

    Mavzuga doir:

    • Saudiya Arabistonida mahalliy aholiga Umra ziyoratiga ruxsat berildi
    • BAA birinchi marta chet elliklarga fuqarolik olish imkoniyatini taqdim etadi

    05.02.2021, 07:55   Izoh (0)   13049
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qirg‘izistonning yangi bosh vaziri tuman hokimi lavozimidagi ukasini ishdan bo‘shatdi

    05.02.2021, 07:40

    Belarus prezidentligiga nomzodini qo‘ygandan so‘ng qamoqqa olingan Viktor Babariko ustidan 17-fevralda sud ishi boshlanadi

    05.02.2021, 02:36

    JSST eksperti: “Koronavirusning Uxandagi laboratoriyadan sizib chiqqanini tasavvur qilish qiyin”

    05.02.2021, 01:24

    Parler ijtimoiy tarmog‘i rahbari ishdan bo‘shatildi. Tarmoq Tramp tarafdorlari orasida ommalashgani uchun Apple, Google va Amazon tomonidan bloklangan edi

    05.02.2021, 00:59

    Ba’zi odamlarga COVID-19 yuqmasligi sabablari ma’lum qilindi

    04.02.2021, 20:10

    Ukrainadagi Novgorod qishlog‘i nomi Nyu-York deb o‘zgartiriladi. Chunki bu uning tarixiy nomlanishi

    04.02.2021, 17:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.