Daryo

Dubayda koronavirusga qarshi bepul ommaviy emlash boshlandi

Vaksinani birinchi bo‘lib Dubayning 60 yoshdan oshgan aholisi, shuningdek, surunkali kasalligi bo‘lgan 18 yoshdan oshganlar qabul qiladi

1 daqiqa o‘qish32 810 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida 23-dekabrdan aholini koronavirusga qarshi bepul emlash boshlandi, buning uchun Pfizer va BioNTech kompaniyalari tomonidan yaratilgan vaksinadan foydalanilmoqda. BAA Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur vaksinani favqulodda qo‘llash uchun ro‘yxatdan o‘tkazgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: Reuters

Shu tariqa BAA mazkur vaksinadan foydalanishni boshlagan birinchi arab mamlakati Saudiya Arabistoni qatoriga qo‘shildi.

Bundan tashqari, BAA avvalroq aholini Xitoyning milliy farmatsevtika kompaniyasi Sinopharm tomonidan yaratilgan vaksina bilan emlashni boshlagan. Mamlakat hukumatining ma’lum qilishicha, Xitoy vaksinasining samaradorligi 86 foizni tashkil qilgan.

Vaksinani birinchi bo‘lib Dubayning 60 yoshdan oshgan aholisi, shuningdek, surunkali kasalligi bo‘lgan 18 yoshdan oshganlar qabul qiladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 23-dekabrga qadar BAAda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 195 878 ta holat va 642 ta o‘lim qayd etilgan. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar