Xitoydagi Shandun provinsiyasi universiteti olimlari mushukni klonlashtirishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Mushuk 2020-yilning dekabrida surrogat onadan tug‘ilgan. Unga Ping-An laqabi berilgan bo‘lib, u xitoychadan “xavfsizlik” deya tarjima qilinadi.
Bu hozirga qadar Xitoyda klonlashtirilgan ikkinchi mushuk hisoblanadi. Birinchisini olimlar ikki yil oldin klonlashtirgan edi.
Olimlar klon yordamida mushuklarga xos ayrim kasalliklarni va ularni davolash usullarini aniqlash niyatida.
Avvalroq Microsoft vafot etgan insonlarning raqamli klonini yaratgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)