• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Jasur Umirovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilgan IIB tergovchisining harakatlarini prokuratura o‘rganmoqda

    Xonanda Jasur Umirovga nisbatan nomusga tegish ishi bo‘yicha dastlab jinoiy ish qo‘zg‘atishni rad etgan Kattaqo‘rg‘on IIB Tergov bo‘limi tergovchisining harakatlari prokuratura tomonidan o‘rganilmoqda. Bu haqda Samarqand viloyati prokuraturasi ma’lum qildi.

    Foto: Instagram / @jasur_umirov_officiall

    Foto: Instagram / @jasur_umirov_officiall

    Voyaga yetmagan Sh.M.ni majburlab nomusiga tegganligi holati yuzasidan Jasur Umirovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sud tomonidan ko‘rib chiqilib, xonanda va uning ikki sherigi aybdor deb topilib, ularga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.

    “Hozirda ushbu holat bo‘yicha dastlab tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borib, yuz bergan holatda biror-bir shaxsning harakatida jinoyat alomatlari mavjud emasligi haqidagi asos bilan JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilgan Kattaqo‘rg‘on tuman IIB TB tergovchisining harakatlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi Samarqand viloyati prokuraturasi xabarida.

    Viloyat prokuraturasi tomonidan Telegram’da e’lon qilingan xabarda odatda mansabdorlar pora bilan qo‘lga tushganda qo‘llaniladigan illyustrativ suratdan foydalanilgan. Unda cho‘ntagidan bir qancha dollar ko‘rinib turgan erkakning qo‘liga kishan solingani tasvirlangan.

    Skrinshot: “Daryo”

    Skrinshot: “Daryo”

    Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 17-iyun kuni Urgut tumanida yashovchi fuqaro F.R. Kattaqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘iga ariza bilan murojaat qilgan. Unda 13-iyun kuni voyaga yetmagan qizi Sh.M.ni dugonasi D.S. Kattaqo‘rg‘on tumaniga olib kelib, uni qo‘shiqchi Jasur Umirov va uning bir o‘rtog‘i bilan tanishtirgani, ular qizlarni bir uyga olib borganligi va shu kuni xonanda qizi Sh.M.ni zo‘rlab nomusiga tegganligini, shu sababli Jasur Umirovga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

    Sudga oid tibbiyot ekspertizaning 26-iyundagi xulosasida fuqaro Sh.M.ning tanasida, ya’ni ko‘z yuqori qovoqlar, ikkala boldir, o‘ng bilak sohalarida qontalashlar kabi jarohatlar aniqlanib, ushbu jarohatlar sud-tibbiy tekshiruviga qadar bir kundan ko‘p, ikki kundan kam bo‘lgan vaqt oralig‘ida yetkazilgan bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatilgan.

    Mazkur murojaat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tergovchisi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari o‘tkazilib, unga ko‘ra, 10-iyul kuni Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga (gumonlanuvchining qilmishida jinoyat tarkibi bo‘lmasa, aybsiz deb topish) asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan.

    Oradan ikki oy o‘tib — 10-sentabr kuni “Kun.uz” saytida voyaga yetmagan qizning nomusiga teggani aytilgan xonandaga nisbatan IIB jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilgani haqida maqola e’lon qilindi. Maqolada Sh.M. xonanda unga mast qiluvchi ichimlik ichirib, keyin kuch ishlatib zo‘rlaganini, Jasur Umirovning sheriklari unga pichoq o‘qtalib qo‘rqitganini so‘zlab bergan. Xonandaning o‘zi nashr bilan suhbatda qizning xohishi bilan jinsiy aloqada bo‘lgani, qizning voyaga yetmaganidan bexabar bo‘lganini aytgan. Shuningdek, qizning otasi shantaj qilib, undan uy talab qilganini ta’kidlagan.

    11-sentabr kuni Bosh prokuratura bayonot berdi. Unda “to‘plangan hujjatlar Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan nazorat tartibida o‘rganib chiqilganda, bir qator tergovga qadar tekshiruv harakatlari to‘liq bajarilmaganligi, tergovchi Jinoyat protsessual kodeksining 22-moddasida ko‘rsatilgan jinoyat yuz berganligini, uning sodir etilishida kim aybdorligini, shuningdek, u bilan bog‘liq barcha holatlarni aniqlash shartligini, ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlar sinchkovlik bilan har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirib ko‘rilmasdan shoshma-shosharlik bilan qabul qilinganligi aniqlangan”ligi aytilgan. Shu sababli Kattaqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TBning 10-iyul kungi jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risida qabul qilgan qaror Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan 10-sentabr kuni bekor qilinib, qo‘shimcha tekshiruv harakatlari olib borilishlik uchun Kattaqo‘rg‘on tuman IIB TBga yuborilgan.

    Keyinroq Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 21-dekabr kuni esa Jasur Umirov qamoqqa olingandi.

    2021-yil 2-fevral jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudida Jasur Umirov va uning ikki sherigiga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi. Hukmga ko‘ra, Jasur Umirov Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Uning ikki sherigi esa 1,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

    03.02.2021, 22:28   Izoh (0)   40498
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryo sog‘liqni saqlash boshqarmasi Shahrisabzdagi tug‘ruqxona sotilmaganini, ijaraga berilganini ma’lum qildi

    03.02.2021, 22:13

    Shuhrat Otaboyev Prezident maslahatchisiga o‘rinbosar etib tayinlandi

    03.02.2021, 21:47

    Markaziy saylov komissiyasi raisi etib Zayniddin Nizomxo‘jayev tayinlanishi kutilmoqda

    03.02.2021, 21:23

    O‘zbekistonda oyligidan noqonuniy olib qolinayotgan o‘qituvchilar shikoyat qilishi uchun ishonch raqamlari ishga tushirildi

    03.02.2021, 20:09

    Toshkentni Pokiston shimoli bilan bog‘laydigan 573 kilometrlik temiryo‘l quriladi

    03.02.2021, 18:58

    Markaziy saylov komissiyasining raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov vakolati tugatilmoqda

    03.02.2021, 18:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyalik ayol eriga giyohvand moddalar sotib olish uchun ish joyidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 19 iyun, 23:55

    “ChatGPT’dan foydalanish insonning aqliy qobiliyatlarini pasaytiradi” — tadqiqot

    Dunyo | 19 iyun, 23:45

    “AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 23:35

    CBS: Tramp Fordodagi uran boyitish markaziga zarba berishi mumkin

    Dunyo | 19 iyun, 23:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 23:15

    Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 19-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.