Senat raisi o‘rinbosari Zayniddin Nizomxo‘jayev Markaziy saylov komissiyasi raisi etib saylanadi, deya xabar qilmoqda “Gazeta.uz”
Komissiya majlisi 4-fevral kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan. MSKning 16 yillik raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov esa boshqa ishga o‘tishi ma’lum qilindi.
Ma’lumot uchun, Nizomxo‘jayev 1954-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, shifokor. “O‘zbekiston Qahramoni” faxriy unvoni sohibi. Senat raisi o‘rinbosarligidan avval yuqori palata qo‘mitasi raisi sifatida faoliyat yuritgan.
Bundan tashqari, adliya vaziri o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov MSK raisi o‘rinbosari lavozimiga saylanishi kutilmoqda.
Qo‘chqorov 1972-yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, iqtisodchi. 2017-yilda prezident maslahatchisi birinchi o‘rinbosari, 2017–2020-yillarda Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi sifatida ishlagan. 2020-yildan beri Adliya vazirligida faoliyat yuritmoqda.
Avvalroq O‘zbekistonda Prezident saylovlari oktabr oyida o‘tkazilishi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bunga izoh bergani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)